Abdullaeva Kibriyo Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmlari», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1737.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharapovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  xalq pedagogikasi vositasi asosida o‘quvchilar  ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning  pedagogik-psixologik xususiyatlari ma’naviy qadriyatlarni egallashda xalq og‘zaki ijodi namunalariga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va jamiyat a’zolariga nisbatan qabul qilingan me’yorlar asosida munosabatlarni shakllantirish monitoringiga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari ularga ijtimoiy madaniy tajribalarni singdirish orqali  jamiyat hayotiga tayyorlashga yo‘naltirilgan akseologik ahamiyatga molik fazilatlar va tajribalarni shakllantirishga   yordam beruvchi integrativlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning  samarali omillari  o‘quvchilar tomonidan tizimli yondashuv asosida an’ana, qadriyat va xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish hamda jadal ijtimoiy moslashuvni ta’minlashga oid faoliyat motivatsiyasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishning metodik ta’minoti  faoliyat jarayonida ularning o‘zidagi kuchli akmeologik jihatlarini namoyon qilishga asoslangan hayotiy faoliyatning ma’naviy-ma’rifiy ta’lim-tarbiya bilan aqliy, intellektual darajasining o‘zaro aloqadorligini  modifikatsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning  pedagogik-psixologik xususiyatlari ma’naviy qadriyatlarni egallashda xalq og‘zaki ijodi namunalariga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va jamiyat a’zolariga nisbatan qabul qilingan me’yorlar asosida munosabatlarni shakllantirish  va xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari ularga ijtimoiy madaniy tajribalarni singdirish orqali  jamiyat hayotiga tayyorlashga yo‘naltirilgan akseologik ahamiyatga molik fazilatlar va tajribalarni shakllantirishga   yordam beruvchi integrativlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 10-apreldagi 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tarbiya” fani darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/11-02/02-1899-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilar ijtimoiy faollik darajasini ifodalovchi pedagogik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning  samarali omillari  o‘quvchilar tomonidan tizimli yondashuv asosida an’ana, qadriyat va xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish hamda jadal ijtimoiy moslashuvni ta’minlashga oid faoliyat motivatsiyasining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 24-sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 310-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumta’lim fanlaridan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/11-02/02-1899-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq pedagogikasi asosida o‘quvchilarda shaxsiy va umuminsoniy sifatlarning pedagogik-psixologik jihatlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirishning metodik ta’minoti  faoliyat jarayonida ularning o‘zidagi kuchli akmeologik jihatlarini namoyon qilishga asoslangan hayotiy faoliyatning ma’naviy-ma’rifiy ta’lim-tarbiya bilan aqliy, intellektual darajasining o‘zaro aloqadorligini  modifikatsiya qilish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi P3-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi innovatsion loyihalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/11-02/02-1899-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq pedagogikasi vositasida o‘quvchilar ijtimoiy faolligini oshirishning ustivor tamoyillari jamiyat talablariga muvofiq takomillashtirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish