Sayt test rejimida ishlamoqda

Usmanov Dilshadbek Tursunbaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qiyin uchuvchi organik birikmalarni yuqori sezgirlikda aniqlash va o‘rganishning ionlashish usullarini rivojlantirish», 01.04.04–Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/FM96.

Ilmiy maslahatchi: Ashurov Xatam Baxronovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.

Rasmiy opponentlar: Erv`e Yuriy Yur`evich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Tashatov Allanazar Karshievich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Isaxanov Zinabidin Abilpeyzovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qiyin uchuvchan organik birikmalarni vakuum va atmosfera bosimida yuqori sezgirlikda aniqlash va tahlil qilishning yangi ionlashuv usullarini rivojlantirish hamda qizdirilgan qattiq jism sirti va gazli fazalardagi fizikaviy-kimyoviy jarayonlarni aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

opiy alkaloidlari aralashmasining (omnopon moddasi) sirt ionlashish mass-spektrini aniqlangan additivligi bu moddalar aralashmalarini xromatografik ajratishlarsiz miqdoriy tahlil qilish imkoniyatini yaratish ko‘rsatilgan;

lahzada qizdirish va keyin dielektrik to‘siqli razryadda ionlashish usulida qiyin uchuvchi moddalar narkotik va portlovchi moddalarni desorbsiyasida faqat butun molekulyar ionlar berishi aniqlangan hamda zarralarning desorbsiya tezligi ularning degradatsiya tezligidan kattaligi topilgan;

o‘zgaruvchan tokli atmosfera bosimida kimyoviy ionlashish bilan birinchi marta portlovchi moddalar geksametilentriperoksiddiamin, geksogen, oktogen, nitrogliserin, pentaeritrittetranitrat, nitrat ammoniy  va trinitrotoluol tadqiq qilingan hamda trinitrotoluol molekulasi asosida portlovchi moddalarning atmosfera bosimida kimyoviy ionlashish usulida ionlashish mexanizmlari va ion-molekulyar reaksiyalari aniqlangan;

narkotik molekulalar, portlovchi moddalar, ionli birikmalar va bo‘yoqlarning keyinchalik dielektrik to‘siqli razryadli ionlashish usuli orqali ionlashtirilgan teflon sirtidan ul`tratovushli tebranish («qattiq-qattiq traybodesorbsiya») paytidagi samarador desorbsiyasi kuzatilgan;

eritma mikrotomchilari va qattiq jismlarning ul`tratovushli tebranishi orasidagi dinamik ishqalanish qiyin uchuvchi moddalar, ya’ni narkotiklar, portlovchi moddalar, ionli birikmalar va buyoqlarda samarador desorbsiyalanishni («suyuq-qattiq traybodesorbsiya») keltirib chiqarishi birinchi marta tajribalarda aniqlangan hamda desorbsiyalanish mexanizmi topilgan;

gramisidin S, insulin va sitoxrom S larning 10 mM natriy xloriddagi eritmasida uzlukli atmosfera bosimidagi zondli elektrosprey ionlashish interfeysidagi ketma-ket ionlashishi tajribalarda kuzatilgan;

ilk bor zondli elektrosprey ionlashishida Teylor uchida zaryadlangan tomchilarning vaqt xarakteristikalari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qiyin uchuvchi organik birikmalar, jumladan narkotik va portlovchi moddalarning vakuum va atmosfera bosimida mass-spektrometrik  ionlashtirish usullarini rivojlantirish asosida:

narkotik moddalarning aniqlangan sirt ionlashuv mass-spektrometriyasi qonuniyatlari va olingan ion toklarining haroratga bog‘liqliklari asosida yaratilgan yuqori sezgirlikdagi «Iskovich» termodesorbsion sirt-ionlashuv spektrometri viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertiza byurolarida bionamunalarda narkotiklarni aniqlashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 maydagi 8N-3/131–son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish bionamunalarda narkotiklarni tez va yuqori sezgirlikda aniqlash imkonini bergan;

zondli elektrosprey ionlashish usulining natriy xloridga yuqori chidamliligi va trigliserid klaster ionlarining (natriy molekulalari bilan bog‘ hosil qilgan mahsulotlari) yuqori intensivda olingan natijalari Yaponiyaning Shimadze kompaniyasi tomonidan yaratilgan tibbiy tashxis uchun zondli elektrosprey ionlashish mass-spektrometriyasi tizimida hamda rivojlantirilgan zondli elektrosprey ionlashish usuli yapon hukumatining yuqori reytingli «Gapiruvchi yacheykaga yondashish» grant loyihasida foydalanilgan (Yaponiyaning Yamanashi universitetining 2017 yil 27 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish patsientlarning bioto‘qimalarida sog‘ va kasallangan hujayralarini aniqlash hamda bitta yacheykada sodir bo‘ladigan dinamik jarayonlarni joyida yoki real vaqtlarda monitoring qilish imkonini bergan;

qiyin uchuvchi organik birikmalarni lahzada qizdirish bo‘yicha olingan natijalar va portlovchi moddalar trinitrotoluol va geksogen uchun ishlab chiqilgan lahzada qizdirish va keyin dielektrik to‘siq razryadi ionlashtirish usuli natijalari  xorijiy jurnallarda (Nanoscale 17,  5708-5717, 2017, IF: 7.367;  Analytica Chimica Acta 1002, 62-69, 2018, IF: 4.95; Advances in Space Research 11, 2416-2423, 2016, IF: 1.401 va boshqalar) termik desorbsiyada namunaning alohida olishda fazoviy ajratish qobiliyatlarini yaxshilashda va atmosfera bosimida ionlashish usullarini rivojlantirishda foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish termik desorbsiyada namunaning alohida olishda fazoviy ajratish qobiliyatlarini yaxshilash va dielektrik to‘siqli razryadli ionlashish va desorbsion usul bilan atmosfera bosimida kimyoviy ionlashish usularining rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish