Azizov Shohruh Nu’monjon O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tindirgichlar konstruksiyalari va hisoblash usullarini takomillashtirish (tomchilatib sug‘orish tizimida)”, 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
№ B2023.1.PhD/T3519
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
texnika fanlari doktori, professor Yangiev Asror Abdixamidovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Shakirov Baxtiyar Maxmudovich (05.09.06), texnika fanlari doktori, professor Jonqobilov Ulugmurad Umbarovich (05.09.07).
Yetakchi tashkilot - Toshkent arxitektura - qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tomchilatib sug‘orish tizimidagi tindirgichlar konstruksiyalari va hisoblash usullarini takomillashtirish, ularning optimal parametrlarini asoslash hamda samarali ishlashi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tomchilatib sug‘orish tizimi tindirgich inshootlarida loyqa-cho‘kindilar loyqalik darajasi dala sharoitida olingan loyqalik namunalari asosida aniqlangan;
tomchilatib sug‘orish tizimi tindirgich inshootlarida loyqa-cho‘kindilarning tinish darajasini aniqlash gidravlik hisobi suv sarfi va loyqalarning fraksion tarkibini inobatga olib takomillashtirilgan;
tomchilatib sug‘orish tizimidagi tindirgich inshooti konstruksiyasi va hisoblash usuli er osti suvlari satxini inobatga olib takomillashtirilgan;
tomchilatib sug‘orish tizimida tindirgich inshootlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar tindirgichga keladigan suv ta’minotini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tindirgichlar konstruksiyalari va hisoblash usullarini takomillashtirish (tomchilatib sug‘orish tizimida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
1.    Tomchilatib sug‘orish tizimi tindirgich inshootlarida loyqa cho‘kindilarning tinish darajasini aniqlash gidravlik hisobi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 maydagi № 03/37-1393-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati Buxoro, Kogon, Peshku, Romitan tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan tomchilatib sug‘orish tizimi tindirgichlarida loyqalarning tinish darajasini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
2.    Tomchilatib sug‘orish texnologiyasida tindirgich inshootlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Suvloyiha” MChJga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 maydagi № 03/37-1393-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati Buxoro, Kogon, Peshku, Romitan tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan tomchilatib sug‘orish tizimi tindirgichlari optimal parametrlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
3.    Tomchilatib sug‘orish texnologiyasida er osti suvlari satxini inobatga olib takomillashtirilgan tindirgich inshootlari konstruksiyalari va hisoblash usullari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Zarafshon magistral tizimlari boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 maydagi № 03/37-1393-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati Oqdaryo va Ishtixon tumanlaridagi klasterlar va fermer xo‘jaliklarida tomchilatib sug‘orish tizimi tindirgichlari optimal parametrlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish