Aytmuratov Bahadirning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Quyoshli issiqlik ta’minoti tizimlari uchun o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementli suvli issiqlik akkumuluyatorlari”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish  ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2549.
Ilmiy rahbar: Boboev Sobirjon Murodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Axatov Jasur Saidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
          Eshmatov Mansur Musulmonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Toshken arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyoshli issiqlik ta’minoti tizimlari uchun suvli issiklik akumuluyatorlarni ishini o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlar yordamida takomillashtirish hamda samaradorligi va ishonchliligini oshirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvli issiqlik akkumuluyatorlaridagi o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementlar uchun, quyosh energiyasini notekis tushishi natijasida oqib o‘tadigan muvozanatsiz dinamik jarayonlarni hisobga olgan holda, ularda sodir bo‘ladigan ikki muvozanatlik xolatlarining shartlari aniqlangan;
suvli issiqlik akkumuluyatorlarida vertikal o‘rnatiladigan o‘zinligi bo‘yicha bir tekis teshilgan suvning haroratiga bog‘liq bo‘lgan Hajmiy kuchlar ta’sirida o‘z-o‘zini tartibga soluvchi akkumulyator ichida suvni tarqatuvchi faol elementning takomillashtirilgan fizik-matematik modeli ishlab chiqilgan;
suvli issiqlik akkumuluyatorlarida vertikal o‘rnatiladigan o‘zinligi bo‘yicha bir tekis teshilgan suvning haroratiga bog‘liq bo‘lgan Hajmiy kuchlar ta’sirida o‘z-o‘zini tartibga soluvchi akkumulyator ichidan suvni oluvchi faol elementning takomillashtirilgan fizik-matematik modeli ishlab chiqilgan;
issiqlik tashuvchisi kam sarfli bo‘lgan quyoshli suv isitish qurulmaning stratifikatsiya issiqlik akkumulyatorining Hajmiy kuchlari ta’sirida suvni tabaqalashtirib tarqatuvchi va oluvchi faol elementlarining suv zichligini uning haroratiga bog‘liqligini hisobga olgan hisoblash usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyoshli issiqlik ta’minoti tizimlari uchun o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementli suvli issiqlik akkumuluyatorlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Muynoq tumani tibbiyot birlashmasi xudidida quyoshli issiqlik ta’minoti tizimlari uchun o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementli suvli issiqlik akkumulyatorlari amaliyotga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 09.11.2022 y. №04/9684-sonli ma’lumotnomasi, xamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat kursatish vazirligining 09.11.2022 y. №06-05/1727-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quyosh kollektorlarining samaradorligini 20% gacha oshirishga, tarmoqdan elektr energiya iste’mol qilishni 48,8% ga kamaytirilishiga va yillik iqtisodiy samarani 8 922 000 so‘mni tashkil etishiga erishildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Muynoq tumani tibbiyot birlashmasi dalolatnomasi 01.11.2022 y.).
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Muynoq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli "Uch soy" qishloqdagi qishloq shifokarlik punktini quyoshli issik suv ta’minoti tizimining samaradorligini oshirish maqsadida amaliyotga tadbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash   vazirligining 09.11.2022 y. №04/9684-sonli ma’lumotnomasi, xamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat kursatish vazirligining 09.11.2022 y. №06-05/1727-sonli ma’lumotnomasi). Natijada quyosh kollektorlarining samaradorligini 20% gacha oshirishga, tarmoqdan elektr energiya iste’mol qilishni 48,7% ga kamaytirilishiga va yillik iqtisodiy samarani 1 288 800 so‘mni tashkil etishiga erishildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Muynoq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli "Uch soy" qishloqdagi qishloq shifokarlik punktini dalolatnomasi  31.10.2022 y.).

Yangiliklarga obuna bo‘lish