Rixsieva Barno Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qattiq jism bilan o‘zaro siljish ta’siridagi gruntning kuchlanish-deformatsiyalanish holati», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/FM232.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultanov Karim Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Mardonov Batirjan, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Bo‘riev Abdulaziz Tojiboevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gruntning qattiq jism bilan o‘zaro ta’siridagi nostasionar masalasining chegarada turli shartlar va murakkab deformatsiyalanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda sonli echish usulini ishlab chiqish, hamda quvur atrofidagi gruntning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va silindrik to‘lqin tarqalishidagi parametrlarni aniqlashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
er osti quvuri bilan o‘zaro ta’sirdagi chiziqli bo‘lmagan gruntda silindrik siljish to‘lqin tarqalishining nostatsionar masalalari shakllantirilgan va uni chekli ayirmalar usulidan foydalangan holda sonli echish uslublari ishlab chiqilgan;
er osti quvuri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan nochiziq deformatsiyalanuvchi gruntda silindrik siljish to‘lqinlari tarqalishida kuchlanganlik-deformasiyalanganlik holatini hisoblash uslublari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
er osti quvurining aylanma va bo‘ylama harakati natijasida quvur atrofidagi gruntning kuchlanganlik-deformasiyalanganlik holati va gruntdagi to‘lqin parametrlarining masofa bo‘yicha so‘nishi aniqlangan;
elastik, qovushoq–elastik va elastik–plastik gruntlarda tarqalayotgan silindrik to‘lqin parametrlarining radial yo‘nalishda so‘nishi deformatsiyalanish energiyasining silindrsimon qatlamning kengayishi evaziga sodir bo‘lishi aniqlangan;
er osti quvuri bilan o‘zaro siljish ta’sirdagi gruntning kontakt–oldi qatlami mavjudligi ko‘rsatilgan va ushbu qatlamning qalinligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bino va inshootlarning asosi, poydevori hamda er osti quvurlarini shakllantirishda gruntning siljishga ko‘rsatadigan qarshiligini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan qatlamini aniqlashda Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi «FARPI HITECh ENGINEER» UK tomonidan «Oqtom» Farg‘ona tuman nasos stansiyasini loyihalash va ekspluatatsiya qilish, Farg‘ona suv ta’minoti MChJ Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan Farg‘ona shahar Shodiyona MFYda ichimlik va oqava suv tarmoqlarining loyiha ishlari va foydalanish jarayonida qo‘llanilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 24-06/6523 –sonli ma’lumotnomasi). Seysmik hududga tegishli bino va inshootlarga o‘tkazilgan er osti quvurlarining seysmik mustahkamligini ta’minlash uchun ular atrofidagi gruntga ishlov berishda mehnat samaradorligi 15-25% gacha ortishiga hamda er osti quvurlarining joylashishi va ular atrofidagi gruntning tarkibiy buzilish qalinligini nazariy yo‘l bilan hisoblanganda tajribalar o‘tkazish orqali aniqlanishiga nisbatan 1,3 martagacha mehnat ishlarini kamaytirib, iqtisodiy samaradorlik ortishi kuzatilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 24-06/6523 –sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish