Adilov Boburjon Baxridin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3858.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Askarov Ixtiyor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni loyihaviy–konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishning shaxsiy - motivatsion, tashkiliy-metodik, moddiy - texnik shart-sharoitlari raqamli texnologiyalarga asoslangan resursli, integrativ, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarini bajarilishini ta’minlash hamda fanlararo integratsiyaga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish modeli maqsadli, motivatsion-diagnostik, mazmunli-faoliyatli, pedagogik-jarayonli, baholash-natijaviy komponentlarining uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi loyihalashtirilgan texnologik xaritalar mazmuniga tayyorgarlik, shakllantiruvchi, asoslovchi, joriy etish kabi  algoritmik bosqichlarni singdirish hamda fikrlashning tizimliligi, mustahkamligi, bilimlarni integratsiyalash kabi shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan  raqamli ta’lim  muhitini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni (motivatsion-qadriyatli, ijodiy-faoliyatli, operatsion-texnologik) bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik ta’minotni ishlab chiqish natijasida kasbiy tayyorgarlik darajalarini moslashish shartlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik  komretentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni loyihaviy–konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishning shaxsiy - motivatsion, tashkiliy-metodik, moddiy - texnik shart-sharoitlari raqamli texnologiyalarga asoslangan resursli, integrativ, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarini bajarilishini ta’minlash hamda fanlararo integratsiyaga ustuvorlik berish, bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish modeli maqsadli, motivatsion-diagnostik, mazmunli-faoliyatli, pedagogik-jarayonli, baholash-natijaviy komponentlarining uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan Jizzax rolitexnika institutida “AIF 1/4 – “Kasb-hunarga yo’naltirilgan markaz va elektronika bo’yicha qo’shma o’quv laboratoriya yaratish” (2019-2021yy) mavzusidagi halqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax rolitexnika institutining 2023 yil 20 yanvardagi 02-148-148-son ma’lumotnoma). Mazkur ishlanmalar bo’lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi loyihalashtirilgan texnologik xaritalar mazmuniga tayyorgarlik, shakllantiruvchi, asoslovchi, joriy etish kabi  algoritmik bosqichlarni singdirish hamda fikrlashning tizimliligi, mustahkamligi, bilimlarni integratsiyalash kabi shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan  raqamli ta’lim  muhitini ishlab chiqish orqali takomillashtirilganligiga qaratilgan tavsiyalardan takliflardan OT-F1-049 raqamli “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-rsixologik xususiyatlari” (2017-2021) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax rolitexnika institutining 2023 yil 20 yanvardagi 02-147-147-son ma’lumotnomasi). Mazkur o’quv-uslubiy ta’minot talabalarda loyihaviy-konstruktorlik komretentlikni rivojlantirishga  xizmat qilgan;
baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni (motivatsion-qadriyatli, ijodiy-faoliyatli, operatsion-texnologik) bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik ta’minotni ishlab chiqish natijasida kasbiy tayyorgarlik darajalarini moslashish shartlari asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar Jizzax politexnika instituti, Qarshi mihandislik-iqtisodiyot instituti hamda Buxoro muhandislik texnologiayalar institutlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 14-iyuldagi 02/17-1427-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot bo’lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik komretentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish