Xoliqova Laylo Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining tadqiqot qobiliyatini loyiha asosida o‘rganish metodi orqali rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2609.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Maxmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boboniyozova Nargiza Po‘latovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining tadqiqot qobiliyatini rivojlantirishda PBL (loyiha asosida o‘rganish) metodini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining tadqiqot qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot PBL loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasining funksional bilim, konseptual hamda funksional mahorat kabi turlari kontenti, strukturasi va metodik tizimi maqsad va mazmunining mantiqiy uzviyligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning tadqiqot qobiliyatini auditoriyada va auditoriyadan tashqarida rivojlantirishda o‘qitishning tashkiliu shakllari, uangi o‘qitish metod va texnologiualarining (produktiv, reproduktiv va kommunikativ-situativ mashqlardan foydalanish) fanlararo aspektda ijtimoiy-pragmatik omillarga integragratsiyasi samaradorligi refleksiv o‘quv resurslarini optimallashtirish orqali isbotlangan;
talabalarning moslashuvchanlik, izlanuvchanlik, hamkorlikda ishlash, mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan autentik loyihalarning maqsadli, mazmunli, reproduktiv va operatsion faoliyatli tamoyillari kasbiy malaka va ko‘nikmalar ifodalangan o‘qitish usullarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning mutaxassislikka mos va kasbga yo‘naltirilganlik yondashuviga ko‘ra kasbiy mahoratini rivojlantirishda rasmiy va norasmiy muloqot kompetensiyalari, ilmiy yozish va ilmiy fikrlash va tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantiruvchi innovatsion metodlarni modifikatsiya qilish zarirati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining tadqiqot qobiliyatini loyiha asosida o‘rganish metodi orqali rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar yuzasidan:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining tadqiqot qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot PBL loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasining funksional bilim, konseptual hamda funksional mahorat kabi turlari kontenti, strukturasi va metodik tizimini maqsad va mazmunini mantiqiy uzviyligini samarali ta’minlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalardan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat shet tillar institutining 2023-yil 13-martdagi 684/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ilmiy va loyihaviy tadqiqotlarni virtual dasturlar asosida takomillashtirish, avtokompetensiya (texnologiyadan foydalana olish tadqiqot olib borish kompetensiyalari takomillashtirilgan;
talabalarning tadqiqot qobiliyatini auditoriyada va auditoriyadan tashqarida rivojlantirishga qaratilgan o‘qitishning tashkiliu shakllari, uangi o‘qitish metod va texnologiualarini (produktiv, reproduktiv va kommunikativ-situativ mashqlardan foydalanish) takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalarga oid ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-BHye-JP “SLASS: Development of thye interdisiplinary master program on computational Linguistis at central Asian universities” nomli innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat shet tillar institutining 2023-yil 13-martdagi 683.30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalardan loyiha doirasida mustaqil ta’lim soatlarini samarali tashkillashtirish, mutaxassislik fanlarini darsdan tashqari soatlarda talab darajasida o‘zlashtirilishi, ilmiy va loyihaviy tadqiqotlar olib borishga o‘rgatish hamda bakalavr darajasini olgan talabalarni yosh tadqiqotchi sifatida tarbiyalash va ta’lim berishga doir etti bosqichli vazifalardan iborat ilmiy va loyihaviy tadqiqotlar olib borish qobiliyatini oshirishga erishilgan;
talabalarning moslashuvchanlik, izlanuvchanlik, hamkorlikda ishlash, mustaqil ta’lim olish, kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan autentik loyihalarning maqsadli, mazmunli, reproduktiv va operatsion faoliyatli tamoyillari kasbiy malaka va ko‘nikmalar ifodalangan o‘qitish usullariga oid natijalaridan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat shet tillar institutining 2023-yil 15-martdagi 717/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarga ilg‘or darajadagi ingliz tilini o‘qitishda loyiha asosida o‘rganish metodi orqali milliy loyihalarni yaratish va tabiiy tilga ishlov beruvchi dastur (NLP tool)ni ishlab chiqish tavsiyalarining qo‘llanilishi o‘quv jarayonida talabalarga o‘zbek xalqi milliy mentalitetini, madaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlari va turmush tarzini ulug‘lovchi ilmiy va loyihaviy tadqiqotlar olib borishiga amaliy jihatdan yordam bergan;
talabalarning mutaxassislikka mos va kasbga yo‘naltirilganlik yondashuv asosida kasbiy mahoratini rivojlantirishda rasmiy va norasmiy muloqot kompetensiyalari, ilmiy yozish va ilmiy fikrlash va tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantiruvchi innovatsion metodlarni modifikatsiya qilish bo‘yicha didaktik va metodik takliflarga oid ilmiy natijalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining bir qator teleko‘rsatuvlarida, xususan, 2022-yil 22-noyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand“ ko‘rsatuvida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-dekabrdagi 01-12/463-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar ilmiy va loyihaviy tadqiqotlar olib borish uchun asos bo‘lgan XXI asr mahorat ko‘nikmalari, ularni takomillashtirish metodik ta’minoti haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.