Sobitov O‘lmasboy Tojaxmedovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirzacho‘lni eskidan o‘zlashtirilgan hududlari tuproqlarining evolyusiyasi va unumdorligi», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V51.

Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Ramazon Qo‘zievich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Hamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Namazov Xushvaqt Qaraxanovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: antropogen omillar ta’sirida Mirzacho‘lning sug‘oriladigan tuproq qoplamlaridagi evolyusion o‘zgarish jarayonlari, sug‘orilayotgan tuproqlarning unumdorlik darajasini aniqlash va tuproq sifatini baholash xaritalarini tuzish, shuningdek tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Mirzacho‘lning eskidan o‘zlashtirilgan hududlarida tarqalgan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlaridagi ozuqa elementlari, sho‘rlanish-sho‘rsizlanish jarayonlari, tuproq qoplamlarida sodir bo‘lgan evolyusion o‘zgarishlar dinamikasi aniqlangan;

quruq mintaqada shakllangan och tusli bo‘z tuproqlarni o‘zlashtirish natijasida sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarni evolyusion rivojlanishidagi bosqichlari va morfogenetik o‘zgarishlari hudud tuproqlari uchun asoslangan;

olingan ma’lumotlar oldingi yillar tadqiqot natijalari bilan taqqoslangan, ularning xossa-xususiyatlaridagi o‘zgarish va unumdorlik darajalari aniqlangan;

o‘rganilgan hududlarda tarqalgan tuproqlar 100 balli yopiq shkalada baholangan va birinchi marta massivlarning 1:10000 miqyosli elektron raqamli tuproq sifatini baholash xaritalari tuzilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mirzacho‘lni eskidan o‘zlashtirilgan hududlari tuproqlarining evolyusiyasi va unumdorligini baholash yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar asosida:

tuproqlar unumdorligini baholash bo‘yicha «Sirdaryo viloyati tuproqlari holati hamda unumdorligi past erlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 maydagi 03-05-3475-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, tuproq unumdorligini chegaralovchi eng asosiy omillarni hisobga olgan holda paxta va g‘alladan bo‘shagan, unumdorligi past bo‘lgan erlarda sabzavot, poliz, dukkakli, moyli, ozuqabop ekinlarni joylashtirish, bog‘ va tokzorlar barpo etish va ularni parvarishlash uchun o‘tkaziladigan agrotexnologik tadbirlar ishlab chiqishda xizmat qilgan;

Mirzacho‘lni eskidan o‘zlashtirilgan hududlari Boyovut tumanidagi «1-Boyovut», Guliston tumanidagi «A.Temur», Sayxunobod tumanidagi «A.Temur» hamda Sirdaryo tumanidagi «Malik» massivlarining sug‘oriladigan tuproqlari uchun 1:10000 va fermer xo‘jaliklari uchun 1:5000 masshtabli tuproq sifatini baholash xaritalari tuzilgan hamda 14020,6 gektar er maydonning tuproq sifatini baholash xaritalari ishlab chiqarishga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 3 maydagi 03-05-3475-son ma’lumotnomasi). Ushbu xaritalar qishloq xo‘jalik ekinlarini tuproqlarning sifatiga qarab joylashtirish, erlarni me’yoriy qiymatini hisoblash, ekinlar hosildorligini belgilash, erlarni noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratishda va yagona er solig‘ini belgilashda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish