1. 2023 yil birinchi yarim yilligida 1675 nafar tadqiqotchi ilmiy darajada tasdiqlandi. Shundan, falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasida ega bo‘lganlar soni 1450 nafarni, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar soni 225 nafarni tashkil etdi.
KPI ko‘rsatkichi ilmiy darajalar bo‘yicha 103 foizni, jumladan falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha 103 foizni, fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha 102 foizni tashkil etdi.
2. Shu davrda 1055 nafar talabgor ilmiy unvonda, jumladan 763 nafari dotsent va 203 nafari professor unvonlarida tasdiqlandi.
KPI ko‘rsatkichi ilmiy unvonlar bo‘yicha 101 foizni, jumladan professor ilmiy unvoni bo‘yicha 102 foizni va dotsent ilmiy unvoni bo‘yicha 102 foizni tashkil etdi.
3. Joriy davrda 9 ta yangi ilmiy kengash tuzilib, ularning jami soni 309 taga etkazildi.
4. Xorijiy davlatlar muassasalari tomonidan berilgan 34 ta ilmiy darajalar diplomlari nostrifikatsiya qilindi. Shundan 6 tasi fan doktori, 20 tasi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi tashkil etadi.
5. Xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar to‘g‘risida berilgan falsafa doktori diplomi (5 ta) o‘rnatilgan tartibda fan doktori sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi tashkil qilindi.