Toyirova Shahlo Izatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy psixologiyada monozigota va dizigotali egizaklarni farqlashning psixologik determinantlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P413.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Urazbaeva Dilbar Abdullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Usmonova Manzura Naimovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi monozigota va dizigotali egizaklarni farqlashning psixologik determinantlarini aniqlash va ularning psixologik rivojlanishiga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mono va dizigotali egizaklar tipida shaxs xususiyatlarining differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘smirlardagi hissiy “bo‘yoqdorlikning” “tan olish va tan oldirish” ehtiyojiga integratsiyasini muloqot pozisiyasi (ekstroversiya-introversiya)da dinamik ravishda rivojlanishi tufayli affektiv munosabatlarda psixosotsial determinantlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
mono va dizigotali egizaklar genotipidagi farqlarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra o‘smir egizaklarning kichigida kattasiga qaraganda o‘zini-o‘zi hurmat qilish, o‘zidan qoniqish, depressivli holatda ham o‘zini xotirjam tuta olish, faollik, stressli vaziyatlarni ratsional boshqara olish ko‘nikmasini milliy muhitga xos tarzda namoyon bo‘lishi tufayli “emotsional barqarorlik”ning dinamik ko‘rsatkichga ega ekanligi dalillangan;
monozigotali va dizigotali egizaklarning shaxs xususiyatlarida ontogenezning bir xil davri ritmikasiga xos jihatlarni namoyon bo‘lishi ularda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan tajovuzkorlik, emotsional barqarorlik, emotsional intellektning differensiatsiyasi tufayli autoagressiyaning dinamik rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan;
egizaklar differensiatsiyasidagi ustuvor psixologik determinantlar monozigotali egizaklarda tortinchoqlik, ochiqlik, ta’sirchanlik, mardlik, nazokatlilik, muloqotchanlik, asabiylashganlik, dizigotali egizaklarda jizzakilik, vazminlik, serjahllik, emotsional barqarorlik ko‘lamining dinamik shakllanishi sababli o‘smirlik davri inqirozidagi regressiv rivojlanish qonuniyatlari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy psixologiyada monozigota va dizigotali egizaklarni farqlashning psixologik determinantlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mono va dizigotali egizaklar tipida shaxs xususiyatlarining differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘smirlardagi hissiy “bo‘yoqdorlikning” “tan olish va tan oldirish” ehtiyojiga integratsiyasini muloqot pozisiyasi (ekstroversiya-introversiya)da dinamik ravishda rivojlanishi tufayli affektiv munosabatlarda psixosotsial determinantlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-39-sonli buyrug‘i bilan «Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM39a-son ma’lumotnomasi). Natijada mono va dizigota egizaklarni psixologik jihatdan farqlashning psixologik pedogogik xususiyatlarni va shakllanish shart-sharoitlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
mono va dizigotali egizaklar genotipidagi farqlarning psixologik xususiyatlariga ko‘ra o‘smir egizaklarning kichigida kattasiga qaraganda o‘zini-o‘zi hurmat qilish, o‘zidan qoniqish, depressivli holatda ham o‘zini xotirjam tuta olish, faollik, stressli vaziyatlarni ratsional boshqara olish ko‘nikmasini milliy muhitga xos tarzda namoyon bo‘lishi tufayli “emotsional barqarorlik”ning dinamik ko‘rsatkichga ega ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-39-sonli buyrug‘i bilan « Ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM39a-son ma’lumotnomasi). Natijada egizaklarning katta yoki kichikligiga ko‘ra shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
monozigotali va dizigotali egizaklarning shaxs xususiyatlarida ontogenezning bir xil davri ritmikasiga xos jihatlarni namoyon bo‘lishi ularda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan tajovuzkorlik, emotsional barqarorlik, emotsional intellektning differensiatsiyasi tufayli autoagressiyaning dinamik rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-39-sonli buyrug‘i bilan « Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM39a-son ma’lumotnomasi). Natijada egizaklardagi rivojlanish xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tadqiqotlar va nazariy manbalarni ilmiy asoslashga doir metodologik yondashuvlarni asoslash imkoniyati yaratilgan;
egizaklar differensiatsiyasidagi ustuvor psixologik determinantlar monozigotali egizaklarda tortinchoqlik, ochiqlik, ta’sirchanlik, mardlik, nazokatlilik, muloqotchanlik, asabiylashganlik, dizigotali egizaklarda jizzakilik, vazminlik, serjahllik, emotsional barqarorlik ko‘lamining dinamik shakllanishi sababli o‘smirlik davri inqirozidagi regressiv rivojlanish qonuniyatlari asosida dalillangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-39-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM39a-son ma’lumotnomasi). Natijada mono va geterezigotali egizaklar rivojlanish xususiyatlaridagi psixologik farqlarni aniqlab, psixologik determinantlar yuzasidan egizaklarning psixologik differensial modelini ishlab chiqilgan.