Xusanxodjaeva Malika Tursunxodjaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda homiladorlik va homilasi bo‘lmagan davrlarda bachadon miomasi davosining jarrohlik tamoyillari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam: B2017.1.DSc/Tib28.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Zaur Djavdatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch ilmiy tibbiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nigmadjanov Boxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori; Mavlyan-Xodjaev Ravshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi I Moskva davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik davolash usullarini bachadon miomasi kuzatilgan ayollarda a’zoni va reproduktiv faoliyatni saqlab qolish maqsadida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yirik miomatoz tugunlar olib tashlangandan so‘ng bachadon deformatsiyasi kuzatilmasligi uchun a’zo arxitektonikasini saqlab qolish va gemostaziologik yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida chuqur uyik shakllantirish va miometriyning “ortiqcha” yirtmalari optimal to‘plamini hosil qilish orqali bajariladigan bachadon rekonstruksiyasi usuli ishlab chiqilgan;
BM bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda homila ko‘tara olmaslik va bepushtlikning asosiy omili sifatida miomatoz tugunning joylashish chuqurligi ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
bachadon qon tomirlarini selektiv bilateral bog‘lash, homilador bo‘lmagan ayollar qon yo‘qotishining kamaytiruvchi eng yaxshi va xavfsiz usuli ekanligi isbotlangan;
miomatoz tugunning mitotik faolligi va apoptoz darajasi orasidagi yuqori darajadagi resiprok bog‘liqlik aniqlangan: apoptozning darajasi (CD 95) pasayishi bilan proliferativ faollik oshadi: stroma hujayralari markeri Ki67 ekspressiyasi orqali aniqlanuvchi proliferativ faollik indeksi va neoangiogenez faolligi kursatkichi (CD 34 endoteliy markeri) aniqlangan;
BM residivini bashorat qilishdagi asosiy omillar: miomaning proliferatsiyalovchi gistotipi, endometriydagi giperplastik jarayonlar va endometrioz kasalligi bo‘lishi va ular BMning proliferativ o‘sishiga faollashtiruvchi ta’sir qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda homilador va homiladorlik bo‘lmagan davrlarda bachadon miomasini davolashning jarrohlik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bachadonda jarrohlik amaliyotidan keyingi jarohatni tikish usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04432, 31.10.2011y.). Mazkur patent bachadonda jarrohlik amaliyotidan keyingi jarohatni taklif qilingan usulda tikish orqali asoratlarning oldini olishga imkon bergan;
«Endometriozlarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2006 yil 29 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ayollarda mavjud endometriozlarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullarini qo‘llash orqali klinik holatni yaxshilashga, kasallik asoratlarini kamaytirishga xizmat qilgan.
reproduktiv yoshdagi ayollarda homilador va homiladorlik bo‘lmagan davrlarda bachadon miomasini tashxislash va davolashning jarrohlik jihatlarini qo‘llash bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIM hamda uning Buxoro, Navoiy, Samarqand filiallarida va ShKSh №5 amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 maydagi 8n-z/68-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalarning iqtisodiy samaradorligi: bachadon miomasini barvaqt aniqlash va davolashga imkon beruvchi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirish, operatsiyadan keyingi asoratlarni 11,6% kamaytirish, bemorni erta faollashtirish va shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish imkonini yaratgan.