Yakubov Erkin Amongeldievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tashqi o‘t yo‘llari kistoz kengayishining tashxisoti va davosi», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib144.

Ilmiy rahbar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Oliy kasbiy ta’lim federal davlat byudjet muassasasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda o‘t yo‘llari kistoz kengayishini tashxislash, davo taktikasi va operatsiya usulini optimallashtirish asosida davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘t yo‘llari kistoz kengayishi bilan kasallangan bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga va asoratlar chastotasini kamaytirishga qaratilgan yangi xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;

bolalarda o‘t yo‘llari kistoz kengayishining klinik kechishi, qo‘shimcha tashxislash usullari va intraoperatsion xolangiografiya natijalari tizimlashtirilgan va anatomik shakllari ajratilgan;

o‘t yo‘llari kistoz kengayishining klinik namoyon bo‘lishi, kechishi, asoratlar xarakteri nafaqat kistoz kengayishlar shakli va o‘lchamiga, balki jigardagi o‘zgarishlarga (tug‘ma yoki orttirilgan) ham bog‘liqligi, o‘t yo‘llari kistoz kengayishlari bilan me’da osti bezi yo‘llari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;

o‘t yo‘llari kistoz kengayishining asoratlangan va asoratlanmagan shakllarini xirurgik korreksiya qilishga optimal yondashuv ilmiy asoslab berilgan; kistani radikal yoki qisman kesish, ichki drenajlash yoki kisto- hamda xolesistostoma yordamida o‘tni tashqariga chiqarishning turli usullariga oid ko‘rsatmalar belgilangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda o‘t yo‘llari kistoz kengayishining diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ishlab chiqilgan “Bolalarda xoledoxning o‘smali kengayishini davolash usuli” uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04889-son patent, 2014 yil). Taklif etilgan usul o‘t yo‘llari kistoz kengayishi bilan bolalarni davolashning bevosita va uzoq muddatdagi natijalarini yaxshilash imkonini bergan;

“Bolalarda o‘t yo‘llari kistoz transformatsiyalari diagnostikasini optimallashtirish” va “Bolalarda jigardan tashqi o‘t yo‘llari kistoz anomaliyalarida operatsiya usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 8n-d/24-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar o‘t yo‘llari kistoz kengayishi diagnostikasi sifatini oshirish va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini bergan;

o‘t yo‘llari kistoz kengayishi bilan bemorlar diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika perinatal markazi va Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 8n-d/24-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Olingan natijalarning sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilishi o‘t yo‘llari kistoz kengayishini erta tashxislash imkoniyatlarini oshirish, davolashning bevosita va uzoq natijalarini yaxshilash imkonini bergan. Operatsiyadan keyingi asoratlar soni 64% dan 34,7% ga va o‘lim ko‘rsatkichi 8% dan 4% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish