Sayt test rejimida ishlamoqda

Ergashev Nurali A’zamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Hazm va mitoxondriya jarayonlariga biologik faol moddalar ta’sirining fiziologik va biofizik jihatlari», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya; 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/B47. 
Ilmiy maslahatchilar: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Nasirov Kabil Erkinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Zaynobiddinov Anvar Erkinjonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: me’yor va patologik holatlarda hazm fermentlari va mitoxondriyalar funksional parametrlariga biologik faol moddalar ta’sirini tadqiq qilish, patologik sharoitlarda ushbu tizimlar o‘zgarishlarini korreksiyalovchi birikmalar xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kadmiy ionlari uglevod va oqsillar hazm qilish jarayonida ishtirok etuvchi karbolitik va proteolitik fermentlar faolligiga o‘ziga xos ta’sir etishi isbotlangan;
qo‘rg‘oshin va kadmiy tuzlari ona kalamushlarga sut emizish davrida berilishi ularning bolalarida ichak karbogidrazalariga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatib, laktaza faolligini yoshga xos bo‘lgan holatda pasaymaganligi, saxaraza faolligini sust o‘zgarishi, maltaza faolligini nisbatan vaqtga bog‘liq ravishda oshirishi aniqlangan;
1-O-benzoilnapellin, 1-O-benzoilkarakolin va 14-O-atsetilkarakolin alkaloidlarining jigar va yurak mitoKATF-kanalini turli darajada faollashtirishi hamda 1-O-benzoilkarakolin va 14-O-atsetilkarakolin Ca2+-bog‘liq mitoxondriyalar o‘tkazuvchan porasining ochilishiga olib kelishi aniqlangan;
salvifolin diterpenoidi, gossitan va plantagin polifenollari eksperimental diabetda jigar va yurak mitoxondriyalari mitoKATF-kanalini turli darajada faollashtirishi va Ca2+-bog‘liq mitoxondriyalar o‘tkazuvchan porasini ingibirlashi ko‘rsatilgan;
kversetin, lyuteolin, sinarozid, oroksilin A, pulikarin, xrizoeriol flavonoidlarning va gossitan, plantagin polifenollarning jigar va yurak mitoKATF-kanalini turli darajada faollashtirishi isbotlangan;
glisirrizin kislota va uning monoammoniyli tuzi jigar mitoxondriyalari megaporasiga sustroq ingibirlovchi ta’sir ko‘rsatib, mitoKATF-kanalga glisirrizin kislota sust faollashtiruvchi, uning monoammoniyli tuzi nisbatan kuchli faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Patologik xolatda mitoxondriya disfunksiyasini o‘simlik moddalari bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diabetik kardiomiopatiya kasalligini profilaktikasi va davolash uchun dori vositasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05582. 2018 y.). Natijada, salvifolin diterpenoidi yordamida diabetik kardiomiopatiya asoratlarini davolash imkonini bergan;
o‘simlik moddasi bo‘lgan plantagin kompozisiyasi asosida qandli diabet kasalligini davolash uchun dori vositasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06027. 2019 y.). Natijada plantagin kompozisiyasi yordamida qandli diabet asoratlarini davolash imkonini bergan;
flavonollarning antioksidant, antiradikal, mitoxondriya o‘tkazuvchan porasining ingibirlash hamda ATFga bog‘liq K+-kanalini faollashtirish xossalaridan impakt-faktorga ega xorijiy ilmiy jurnallarda boshqa flavonoidlarning ta’sir mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (Nova Biotechnologica et Chimica, 2023, V. 22(1), SJR IF – 0,134; Biomed Pharmacother, 2023, V.162 (6), SJR, IF – 1,366; Journal of Microbiology, Biotechnology and Food Sciences, 2022, V.12(2), SJR IF-0,223). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi flavonoidlarning hujayralarga ta’sir qilishida mitoxondriya ion transport tizimlari ishtirokini tavsiflash imkonini bergan; 
Capsicum annuum L. qizil qalampir tarkibidagi biologik faol moddalar xossalari ma’lumotlaridan Euphorbia Himufuza (Wild.) o‘simligidan ajratilgan polifenollar hamda Gossypium hirsutum L. g‘o‘za o‘simligi chigitidan ajratilgan faol birikmalarning mitoxondriya funksiyalariga ta’sir mexanizmlarini aniqlashda xorijdagi impakt-faktorga ega ilmiy jurnallarda foydalanilgan. (Chinese Journal of Applied Ecology 2018, V.29 (1), SJR IF - 0,267; Nova Biotechnologica et Chimica, 2018, V. 17 (1), SJR  IF – 0.198; Journal of Microbiology, Biotechnology and Food Sciences, 2019, V. 8 (4) SJR IF – 0,163). Natijada turli avlod o‘simliklaridan ajratilgan birikmalarning mitoxondriya funksiyalariga umumiy mexanizmlar asosida ta’sir qilishini aniqlash imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish