Xadjibaev Jamshid Abduazimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngachda kuyishdan keyingi chandiqlari bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasining zamonaviy jihatlari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib142.
Ilmiy rahbar: Nizamxodjaev Zayniddin Maxamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaybergenov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: I.I.Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot instituti davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilo‘ngachning kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarda taktikani takomillashtirish, davolashning yangi miniinvaziv usulini tatbiq etish yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
almashinadigan metall oliva bilan endoskopik bujlashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
qizilo‘ngach kuyishdan keyingi chandiqli torayishini uzoq muddatga intubatsiya qilish uchun silikon stentning yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
stentlashdan avval va undan keyin turli muddatlarda qizilo‘ngach chandiqli toraygan devori morfologik o‘zgarishlarining xususiyatlari o‘rganilgan;
qizilo‘ngachning kuyish xarakteri, kimyoviy reagent miqdori, kuyish sababi va yuzaga kelgan vaqtiga bog‘liq ravishda qizilo‘ngach chandiqli torayishining tipologik xususiyatlari ochib berilgan;
instrumental davolashning turli usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalar optimallashtirilgan, shuningdek, sim o‘tkazgich bo‘ylab bujlash, endoskopik bujlash, gidroballonli dilatatsiya va chandiqli torayishni stentlash usullarini amalga oshirishga differensial yondashuvlar takomillashtirilgan;
qizilo‘ngachning kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarda diagnostik endoskopiya va miniinvaziv aralashuvlar vaqtida qizilo‘ngach shikastlanishining chastotasi va sabablari o‘rganilgan, ularning oldini olish choralari ishlab chiqilgan;
qizilo‘ngachning kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarda miniinvaziv aralashuvlarning zamonaviy usullarini tanlashga individual yondashuvning asosiy mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilo‘ngachning kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan “Qizilo‘ngach buji”ga Intellektual mulk agentligining patenti olingan (FAP 01130-son foydali modeli uchun patent, 2017 yil). Taklif etilgan usul almashtiriladigan oliva bilan endoskopik bujlashning takomillashtirilgan usuli bo‘lib, an’anaviy bujlash imkoni bo‘lmagan bemorlarni ham miniinvaziv davolashga imkon bergan;
ishlab chiqilgan “Qizilo‘ngachni endoprotezlash uchun stent”ga Intellektual mulk agentligining patenti olingan (FAP 01101-son foydali model uchun patent, 2017 yil). Taklif etilgan stent muvaffaqiyatli bujlash kursidan so‘ng qizilo‘ngachning chandiqli torayishini uzoq muddatga intubatsiya qilish imkonini bergan, bu esa qizilo‘ngachning kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarni miniinvaziv aralashuvlar bilan davolashning istalgan bosqichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qizilo‘ngach shikastlanish xavfini pasaytirish imkonini bergan;
qizilo‘ngachning kuyishdan keyingi chandiqli torayishi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qizilo‘ngach va oshqozon xirurgiyasi hamda xirurgik endoskopiya bo‘limlariga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan va Jizzax viloyatlar filiallarining toksikologiya va abdominal xirurgiya bo‘limlariga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 martdagi 8n-d/40-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Takomillashtirilgan miniinvaziv endoskopik aralashuvlar usullarini qo‘llash murakkab rekonstruktiv-tiklovchi amaliyotlar talab etiladigan bemorlar sonini 40,1%dan 17,9%ga kamaytirish imkonini bergan.