Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmadaliev Boburbek Jaxongir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Tomat (Lycopersicum esculentum Mill.) o‘simligini kasallantiruvchi viruslarni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va ularning diagnostikasi”, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B861.
Ilmiy rahbar: Qodirova Zarifa Nosirovna, biologiya fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, PhD.03/14.07.2022.B/Qx.10.06.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Voxid Baxramovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xusanov Toxir Sunnatovich, viologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Pomidor o‘simligini kasallantiruvchi fitopatogen viruslarni aniqlash, ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va molekulyar-genetik identifikatsiya qilish hamda viruslardan himoyalash choralarini izlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizning ayrim hududlarida etishtirilayotgan pomidor maydonlari tezkor zamonaviy diagnostika usullar yordamida ToCV, TICV, ToMV, PepMV, TSWV, INSV viruslariga fitosanitar monitoring qilinib, ular orasidan ToMV eng keng tarqalgani aniqlangan; 
ilk bor O‘zbekiston sharoitida Tomato chlorosis virus va Tomato infectious chlorosis respublikamizda etishtirilayotgan pomidor maydonlarida uchrashi aniqlangan;
respublikamizda ilk bor ToMV virusining “Tomato mosaic virus ABJ-1” izolyati oqsil qobig‘i (CP) gen fragmentining nukleotidlar ketma-ketligi sekvins qilindi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi ToMV izolyatlari solishtirilib, filogenetik tahlili o‘tkazildi;
“TSK HW-75” gel yordamida ToMV ning toza preparati olinib, virusga spetsifik zardob tayyorlash usuli takomillashtirilgan, ToMV ning ba’zi biologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlangan;
ToMVga spetsifik poliklonal antitanali antizardob olindi va bu antizardob pomidorning turli nav va duragaylarining ToMVga chidamliligini skrining qilishda qo‘llanildi;
termoterapiya usuli yordamida urug‘da saqlangan ToMV infeksiyasini zararsizlantirishda vaqt va haroratning optimal rejimi aniqlangan;
pomidor o‘simligini Tomat mozaikasi virusidan himoyalashda kimyoviy va biologik preparatlarning ta’sir etish darajasi baholangan va qiyosiy taqqoslagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tomat (Lycopersicum esculentum Mill.) o‘simligini kasallantiruvchi viruslarni ajratish, xususiyatlarini o‘rganish va ularning diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
pomidor va boshqa sabzavot ekinlarini kasallantiruvchi Tomat mozaikasi virusining respublikamizda tarqalgan izolyati “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy ob’ekti kolleksiyasi” genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2023-yil 14-fevraldagi 4/1255-314-son ma’lumotnomasi). Natijada fitopatogen mikroorganizmlar shtammlari kolleksiya genofondini boyitish, virus turlari xilma-xilliklari elektron bazasi axborot tahlil tizimini shakillantirish imkonini bergan;
ToMV bilan kasallangan pomidor o‘simligidan ajratib olingan izolyat “Tomato mosaic virus ABJ-1” nomi bilan Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining World Data Center for Microorganism (WDCM) National Collection of Phytopathogenic Microorganisms (NCAM)) ma’lumotlar bazasiga WDCM 1035-raqami orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining 2023-yil 9-fevraldagi dalolatnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2023-yil 14-fevraldagi 4/1255-314-son ma’lumotnomasi). Natijada dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan “Tomat mozaikasi virusi”ni tadqiq qilishda global doirada foydalanish imkonini bergan;
ToMV ning tozalangan preparatidan KA-12-001 “Xitozan va uning xosilalari polimer metallokomplekslarini olish texnologiyasini ishlab chiqish, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasalliklarini oldini olish va davolashda ishlatilishi (vilt, ildiz chirishi va monilioz)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida olingan “Kuprumxit” preparatining antiviral ta’sirini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 21-fevraldagi 4/1255-351-son ma’lumotnomasi). Natijada, fitopatogen viruslarga qarshi antiviral preparat sifatida “Kuprumxit” preparatini amaliyotga tavsiya etish imkonini bergan; 
O‘zbekistonda tarqalgan ToMV izolyatining CP genining fragmenti asosida molekulyar-genetik identifikatsiyasi natijasida genom nukleotidlar ketma-ketligi fragmentiga asoslangan tur sekvinsi bo‘yicha olingan natijalar NCBI, EMBL-EBI Evropa nukleotid arxivi (Buyuk Britaniya, Kembridj) va DDBJ Yaponiya DNK ma’lumotlar bazasida OQ076774.1 ID raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Natijada O‘zbekiston hududida tarqalgan Tomat mozaikasi virusining nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchrovchi ToMV shtammlari bilan taqqoslash imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish