Kudiyarova Kutligul Karamaddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston xomashyolari asosida shisha idish olish hamda shisha omihtasi tayyorlash tizimini takomillashtirish», 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1063.
Ilmiy rahbar: Babaev Zabibulla Kamilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Babaxanova Zebo Abdullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nigmatulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi kvars-dala shpati qumlari asosida shisha idishlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va shisha omixtasini tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qiziltuy kvars-dala shpati qumlari va Qizilsoy konlari dala shpatlarining kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibi aniqlangan;
oksalat kislotasi bilan Qizilto‘y konining kvars-dala shpati qumlari tarkibini ЅiO2 bilan - max 97 %-gacha boyitish, Fe2O3 - miqdorini min 0,025 % gacha kamaytirshi qonuniyatlari asoslangan;
Qizilto‘y konining boyitilgan kvars-dala shpati qumlari burchakli va o‘lchamlari 0,10-0,45 mm chegarasidagi burchakli dumaloq don shakliga ega α-kvars ekanligi isbotlangan;
natriy sulfat-xlorid tuzlarining seriy oksidi bilan ochartirish ta’siri aniqlanib, shisha massasining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1,0 : 0,2 maqbul nisbatlarda yorug‘lik o‘tkazish koeffisientini spektrning 86 % gacha ko‘rinishi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi kvars-dala shpati qumlari asosida shisha idishlar olish texnologiyasini ishlab chiqilgan va shisha omixtasini tayyorlash texnologiyasi granulyasiya usulini qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dala shpati kvars qumlari va dala shpatlaridan shisha idishlar kompozisiyalarini chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilto‘y konining boyitilgan kvars-dala shpati qumlari asosida konservalash idishlarni uchun BK markali yarim oq shisha ishlab chiqarish texnologiyasi «Turtkul shisha idishlari» MChJning «2022-2025 yillarda tashkil kilinadigan istiqbolli ishlab chiqarishlar rejasi»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 22 sentyabrdagi 04-04/7-09/2082-son ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratlarda 30-50 °S, tan narxi 6 - 10 %ga arzon, konservalash shaffof idishlari uchun shisha ishlab chiqarish imkonini beradi;
Qizilsoy konining dala shpatidan yashil rangli shisha idishlar ishlab chiqarish texnologiyasi «Turtkul shisha idishlari» MChJning «2022-2025 yillarda tashkil kilinadigan istiqbolli ishlab chiqarishlar rejasi»ga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 22 sentyabrdagi 04-04/7-09/2082-son ma’lumotnomasi). Natijada, shisha sanoati xomashyo bazasini kengaytirish va mamlakatimizda shisha ishlab chiqarishni rivojlantirish imkonini beradi.