Saloydinov Aziz Avazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kislorod saqlagan birikmalar asosida antidetonatsion kompozitsiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3018.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Shamshidinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kislorod saqlagan birikmalar asosida antidetonatsion kompozitsiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pauerforming jarayoni riformatiga metiluchlamchibutil efiri 1% miqdorda qo‘shish orqali uning oktan soni 95,5 dan 115 punktga, katalitik riforming jarayoni riformatiga esa 1% izopropanol qo‘shilib unung oktan soni 95,8 dan 116,38 punktgacha oshishi ilmiy asoslangan;
AI-80 avtomobil benzinning oktan sonini maksimal 8 birlikga oshirish uchun OKTAN-MS-6 antidetontsion kompozitning: etil spirt - 70 %, izobutanol - 8%, metiluchlamchibutil efiri - 10%, izopropanol - 6%, anilin - 6% ni tashkil qilgan maqbul tarkibi ishlab chiqilgan;
tirsakli valning aylanish chastotasi nmin=750 ayl/min dan nmax=8000 ayl/min gacha bo‘lgan avtomobil dvigatellarida chiqindi gazlarning minimal miqdori: CO2 - 3,2 % dan 1,8 % gacha, uglevodorodlar – 1850 ppm dan 880 ppm gacha kamaytirish uchun AI-80 avtomobil benziniga OKTAN-MS-6 ning optimal miqdori 8 % ni kompaundlash ilmiy asoslangan;
OKTAN-MS-6 oksigenat kompozitsiyasini olish va uni mahalliy AI-80 avtomobil benziniga kompaundlab, AI-91 avtomobil benzinnini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kislorod saqlagan birikmalar asosida antidetonatsion kompozitsiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli kislorodli birikmalar asosida avtomobil benzinlarini antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilovchi OKTAN-MS-6 oksigenat kompozitsiyasini olish usuli «O‘zbekneftgaz» AJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 3 maydagi 03/18-8-360-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AI-80 avtomobil benzini va oksigenat kompozitsiyalari asosida AI-91 va undan yuqori oktan soniga ega bo‘lgan markadagi avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini beradi;
kislorodli birikmalar va mahalliy past oktanli avtomobil benzinlari asosida yangi tarkibli, ekologik toza, yuqori dispers barqaror bo‘lgan avtomobil benzinini ishlab chiqarish texnologik tizimi «O‘zbekneftgaz» AJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 3 maydagi 03/18-8-360-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, detonatsion va fazaviy barqarorligi, kislorod miqdori bo‘yicha (2,7% gacha) Evropa ekologik standartlariga javob beruvchi avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini beradi.