Karimova Aziza Maxomadrizoevna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turistik xizmatlar sohasidagi korxonalarni kredit bilan ta’minlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.2. DSc/Iqt381
Ilmiy maslaxatchi: Abdullaeva Sharbat Zulfikarovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Odil Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik xizmatlar sohasi sub’ektlarini O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan kreditlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari tomonidan turistik soha sub’ektlariga kreditlar ajratishda, soha korxonalarni faoliyat muddatlariga qarab imtiyozlar belgilash taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ekti sifatida faoliyat yuritayotgan turistik korxonalar loyihalariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan kreditlarning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etish taklif etilgan;
turistik korxonalarning xizmatlar ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda, ularning hayot sikli va faoliyat muddatlarini inobatga olgan holda ularga yillik Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan stavkada Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar berish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan turistik korxonalarning xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 5 yil muddatgacha yillik Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan stavkada, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafolati asosida kreditlar ajratish taklif etilgan;
turistik korxonalarning mehmonxonalar, dam olish maskanlari va zonalarini qurish, ularni xorijdan keltirilgan zamonaviy asbob-uskuna va raqamli texnologiyalar bilan jihozlash borasidagi investision loyihalarini moliyalashtirishga tijorat banklari tomonidan 15 yil muddatga, 5 yil imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turistik xizmatlar sohasi korxonalarini kredit bilan ta’minlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan turistik soha sub’ektlariga kreditlar ajratishda, soha korxonalarni faoliyat muddatlariga qarab imtiyozlar belgilash bo‘yicha berilgan taklifi «Sanoatqurilishbank» ATB tomonidan «2023 yilga bank kredit siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari»ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi AT «Sanoatqurilishbank» ning 2023 yil 16 martdagi 01-07-9/282-son ma’lumotnomasi). Natijada, turistik xizmatlar sohasi sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar ulushi 8-12 %ga oshgan;
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ekti sifatida faoliyat yuritayotgan turistik korxonalar loyihalariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan kreditlarning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi PF-130-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi AT «Sanoatqurilishbank»ning 2023 yil 16 martdagi 01-07-9/282-son ma’lumotnomasi). Natijada, turistik xizmatlar sohasida korxonalarining kreditlari bo‘yicha qarzdorligi 3-7 foizga kamaygan;
turistik korxonalarning xizmatlar ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda, ularning hayot sikli va faoliyat muddatlarini inobatga olgan holda, ya’ni 1yilgacha 2 mlrd.gacha, 1yildan 3 yilgacha 4mlrd., 3 yildan 5 yilgacha 5 mlrd.gacha miqdorda, yillik 14 %dan oshmagan stavkada Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha taklifi AT«Turonbank»ning amaliyotida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi AT«Turonbank»ning 2023 yil 23 martdagi 23/03-115-son ma’lumotnomasi). Natijada xizmatlar industriyasining o‘sishi mamlakat yalpi ichki mahsulotida xizmatlar ulushining bugungi kundagi 35,8 foiziga nisbatan 1,5 foizga o‘sishini ta’minlagan va bu o‘z navbatida kambag‘allar sonini 1,8 foizga qisqartirish imkonini bergan;
tijorat banklari tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 5 yil muddatga, yillik 14 foiz stavkada, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar berish to‘g‘risidagi taklif AT«Turonbank» tomonidan kreditlash jarayoniga tatbiq etilgan va undan turistik xizmatlar sohasi sub’ektlari bilan bank o‘rtasida kredit shartnomalari tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi AT«Turonbank»ning 2023 yil 23 martdagi 23/03-115-son ma’lumotnomasi). Natijada bank kredit portfelida turistik xizmatlar korxonalari uchun beriladigan kreditlar ulushi 3,5 foizga oshgan.
turistik xizmatlar sohasidagi korxonalarning investisiya loyihalari, mehmonxonalarni qurish va ularni jihozlash uchun import qilinadigan uskunalar va texnologiyalarni 15 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, 5 yilgacha imtiyozli davr bilan sotib olish uchun kreditlar berish taklifi AT«Turonbank»ning amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi AT«Turonbank»ning 2023 yil 23 martdagi 23/03-115-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank kredit portfelidagi turizm xizmatlari, xususan mehmonxona biznesi sohasidagi korxonalarga berilgan kreditlarning ulushi 7-9 foizga oshgan.