Beknazarov Behzod Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish",
08.00.17 -turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros resurslaridan samarali foydalanish va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moddiy madaniy meros ob’ektlarining 3D modelli rekonstruksiyalari va raqamli axborot bazasini yaratish asosida madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va sohada davlat nazoratini amalga oshirish asoslangan;
yangi muzeylar, xususan, nodavlat muzeylarni tashkil qilish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, «San’atsevar millat» loyihasini amalga oshirish, uning doirasida san’at galereyalarini tashkil etish, muzeylarning ko‘chma ko‘rgazmalarini tashkil qilish asosida muzeylarda zamonaviy NFT (qo‘zg‘almas tokenlar), golografiya va 3D kabi texnologiyalarni keng qo‘llash orqali muzeylarning ommaviyligini oshirish va marketing sohasini rivojlantirish ilmiy asoslangan;
«Moziyga sayohat» dasturi doirasida turizm infratuzilmasi sub’ektlariga (joylashtirish vositalariga) chegirma taqdim qilish va aksiyalar o‘tkazish asosida muzeylarda xizmatlar sohasini kengaytirish doirasida tungi ish vaqtini joriy etishi dalillangan;
mamlakatimizda muzeylarga tashriflar sonining o‘sish sur’atlari asosida turizm va madaniy meros sohasini barqaror rivojlantirishning 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizm sohasini barqaror rivojlantirishda madaniy meros resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
moddiy madaniy meros ob’ektlarining 3D modelli rekonstruksiyalari va raqamli axborot bazasini yaratish asosida madaniy meros ob’ektlarni muhofaza qilish va sohada davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlari va YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 119-son qarori bo‘yicha «Dasturi»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 04-18/8469-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, davlat nazoratini amalga oshirish va ta’mirlash-tiklash, konservasiya va restavrasiya qilish bo‘yicha ishlar samaradorligini ikki baravar ortishiga imkon bergan;
yangi muzeylar, xususan, nodavlat muzeylarni tashkil qilish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, «San’atsevar millat» loyihasini amalga oshirish, uning doirasida san’at galereyalarini tashkil etish, muzeylarning ko‘chma ko‘rgazmalarini tashkil qilish asosida muzeylarida zamonaviy NFT (qo‘zg‘almas tokenlar), golografiya va 3D kabi texnologiyalarni keng qo‘llash orqali ularning ommaviyligini oshirish va marketing sohasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi 2022-yil 27- maydagi PQ-261 Qaroriga asosan 2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning «Manzilli rejasi»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 04-18/8469-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida muzeylaridagi ashyolar va madaniy meros ob’ektlarining NFT formatini yaratish, ularni xalqaro auksionlarda sotuvga chiqarish maqsadida xavfsiz va yuqori tezlikka ega blokcheyn platformalarida ommalashtirish va monetizasiya qilinishining ko‘rsatkichlarini 30%ga orttirish imkoniyatini bergan;
«Moziyga sayohat» dasturi doirasida turizm infratuzilmasi sub’ektlariga (joylashtirish vositalariga) chegirma taqdim qilish va aksiyalar o‘tkazish asosida muzeylarda xizmatlar sohasini kengaytirish doirasida tungi ish vaqtini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflar "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida "gi 2022-yil 27-maydagi PQ-261 Qaroriga asosan 2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning «Manzilli rejasi»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 04-18/8469-sonli ma’lumotnomasi). Natijada davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan har yili kamida bir marta byudjetdan tashqari mablag‘lar, kasaba uyushmalari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan o‘z xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun muzeylarga kirish chiptalarini xarid qilishiga imkon yaratilgan;
mamlakatimizda muzeylarga tashriflar sonining o‘sish sur’atlari asosida turizm va madaniy meros sohasini barqaror rivojlantirishning 2028-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «2022-2025-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi dagi 04-18/8469-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarni joriy etish muzeylarga qo‘yilgan talablarni e’tiborga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarda turizm va madaniy meros sohasini rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish