Igamberdiev Sultonmurod Xalmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investision banklar faoliyatini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt236.
Ilmiy rahbar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xalmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: investision bank faoliyatini tartibga solish va boshqarishning xalqaro standartlari va amaliyoti talablari asosida O‘zbekiston banklari investision faoliyati boshqaruvini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
universal bank tuzilmasida manfaatlar qarama-qarshiligi muammosining yo‘nalishlari aniqlangan va manfaatlar qarama-qarshiligi konsensiyasining mustaqil investision bank modeli samaradorligini asoslashga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan;
bank kengashlarining tijorat banklari strategik boshqaruvidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida kengashlar tarkibini optimallashtirish va a’zolarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda investision bank xizmatlarini rivojlantirishni amaldagi universal bank modeli asosida tashkil etish va boshqarishning zaruriy shart-sharoitlari asoslab berilgan;
investision bank funksiyasini bajarishda fond risklari va operatsion risk darajasining ortishidan kelib chiqib, risklarni boshqarish strategiyasini shakllantirish, bozor risklarini o‘lchashning VaR (value at risk) usulidan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investision banklari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank kengashlarining tijorat banklari strategik boshqaruvidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida kengashlar tarkibini optimallashtirish va a’zolarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish taklifi“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 26 fevraldagi 24-2-44/334-son va «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 4 maydagi TA01-11/3648-son ma’lumotnomalari). Natijada “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini ta’minlash, boshqaruv organlari o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish, bank kengashi faoliyati samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankida bank kengashi a’zolarini rag‘batlantirishda har bir a’zoning kengash faoliyati samaradorligiga qo‘shgan hissasini hisobga olish, shundan kelib chiqib, mukofot hajmini aniqlash belgilab olingan;
respublika tijorat banklarining investision bank funksiyasini to‘la qonli bajarishlari uchun etarli kapital bazasiga ega bo‘lishlarini qo‘shimcha aksiyalarni muomalaga chiqarish hisobidan ta’minlash taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qabul qilinib, amaliyotga joriy etilgan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 26 fevraldagi 24-2-44/334-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 2016 yilga nisbatan 588 foizga ko‘payib, 2162,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
tijorat banklarining biznes jarayonlarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 26 fevraldagi 24-2-44/334-son va «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 4 maydagi TA01-11/3648-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida biznes jarayonlari modelini takomillashtirish va investision bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini bergan;
investision bank funksiyasini bajarishda fond risklari va operatsion risk darajasining ortishidan kelib chiqib, risklarni boshqarish strategiyasini shakllantirish va bozor risklarini o‘lchashning VaR (value at risk) usulidan foydalanish taklifi “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 26 fevraldagi 24-2-44/334-son va «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil 4 maydagi TA01-11/3648-son ma’lumotnomalari). Natijada “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tuzilmasida Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasi tuzilgan, risk darajasini nazorat qilish bo‘yicha ichki hujjatlar ishlab chiqilgan, bank kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlar ulushini sezilarli darajada pasaytirishga erishilgan (2018 yil 1 yanvar` holatiga ushbu ko‘rsatkich 0,9%ni tashkil etgan), qimmatli qog‘ozlar va investision kreditlar portfelini shakllantirishda risk va likvidlilikning maqbul darajasini ta’minlash belgilab olingan.