Payziev Abbos Muxammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchini ushlash taktikasini takomillashtirish», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu566.
Ilmiy rahbar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Inagamdjanova Zumratxon Fatxullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Matchanov Alimjan Atabaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchini ushlash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilganligi holatini tezkorlik bilan aniqlash maqsadida maxsus narkotester moslamasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xizmat o‘tashida foydalanish zarurati asoslab berilgan;
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini kamsitilishini oldini olish maqsadida shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish kabi prosessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shartligini belgilash zarurligi asoslab berilgan;
vakolatli organ (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turishga oid prosessual majburlov chorasini qo‘llaganida gumon qilinayotgan shaxsning oila a’zolariga, ular bo‘lmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga zudlik bilan xabar berishi, shuningdek bu haqida ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilinishi shartligini mustahkamlash asoslantirilgan;
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibida ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa – gymon qilinuvchiga y jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini ma’lum qilishi, ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan prosessual huquqlarini tushuntirishi shartligini belgilash asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilganligi holatini tezkorlik bilan aniqlash maqsadida maxsus narkotester moslamasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining xizmat o‘tashida foydalanishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25-martdagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l-patrul` xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar ta’sirida bo‘lganligini aniqlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarorning birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qonun ijodkorligi faoliyatida joriy etilganligi to‘g‘risidagi 2023 yil 24 apreldagi 12/05-2406-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda joriy etilishi «giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xiloq ravishda iste’mol qilgan shaxslarni aniqlashga» xizmat qilgan;
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini kamsitilishini oldini olish maqsadida shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish kabi prosessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shartligini belgilashga oid takliflar «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga (keyingi o‘rinlarda JPK deb yuritiladi) jinoyat prosessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan JPKning 91-moddasiga kiritilgan o‘zgartishda o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/2-10/1621-son dalolatnomasi). Taklif shaxsni ushlash, ushlash jarayonidagi harakatlarning ob’ektivligini kafolatlashga xizmat qilgan;
vakolatli organ (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan prosessual majburlov choralari to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shartligi bo‘yicha taklif «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga jinoyat prosessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan JPKning 217-moddasi birinchi qismiga kiritilgan o‘zgartishda o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/2-10/1621-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ushlangan shaxsning prosessual huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar ushlab turish tartibida ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa – gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlanganligi to‘g‘risida ma’lum qilish bo‘yicha taklif «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga jinoyat prosessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan JPKning 224-moddasi birinchi qismiga kiritilgan o‘zgartishda o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 18 apreldagi 04/2-10/1621-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ushlangan shaxsning prosessual huquqlarini ta’minlash bilan bir qatorda xalqaro normaning milliy qonunchiligimizga implementasiyasini ta’minlaygan.