Igamova Shaxinya Zikrilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Qurilish materiallari korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish (Buxoro viloyati misolida)” 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2098.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich iqtisod fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:Gaibnazarova Zumrat Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD. Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati qurilish materiallari sanoati korxonalaridagi samarali innovatsion jarayonni ta’minlash metodlari va dastaklarini ishlab chiqish hamda asoslash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ilmiy-ishlab chiqarish klasteri qismlarining funksional vazifalari va sohani rivojlantirishning istiqbol maqsadlariga ko‘ra kouching markazini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Loyihaviy boshqaruvga ko‘ra mintaqadagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘rtta blokdan iborat bo‘lgan innovatsion loyihalari portfelini shakllantirishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, undan foydalanish bosqichlari ishlab chiqilgan;
Qurilish materiallari korxonalarida resurs tejamkorligini oshirish vosita (iqtisodiy dastak) va chora-tadbirlarining ahamiyatliligini ekspertli baholash asosida tarmoq korxonalarida innovatsion biznes-loyihalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asosalngan;
Mintaqada qurilish materiallarini ishlab chiqarishning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishning istiqbol ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro viloyati qurilish materiallari korxonalarida innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ilmiy-ishlab chiqarish klasteri qismlarining funksional vazifalari va sohani rivojlantirishning istiqbol maqsadlariga ko‘ra kouching markazini tashkil etish taklifi asosida BuxMTIda kouching markazi tashkil etilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2023 yil 08 avgustdagidagi 3/4877-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi klaster ishtirokchilari tomonidan funksional vazifalarning samarali bajarilishi va maxsus kouching markaz tomonidan soha uchun malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish imkonini bergan;
loyihaviy boshqaruvga ko‘ra mintaqadagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘rtta blokdan iborat bo‘lgan innovatsion loyihalari portfelini shakllantirish va undan foydalanish bosqichlari bo‘yicha taklif Buxoro viloyatidagi “Buxoro temir-beton” MChJ qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasiga joriy etilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2023 yil 08 avgustdagidagi 3/4877-son, Buxoro viloyatidagi “Buxoro temir-beton” MChJning 2023 yil 7 fevraldagi 2-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur korxonada innovatsion loyihalar asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarish samaradorligi 12,0 % ga ortishiga xizmat qilgan;
qurilish materiallari korxonalarida resurs tejamkorligini oshirish vosita (iqtisodiy dastak) va chora-tadbirlarining ahamiyatliligini ekspertli baholash asosida tarmoq korxonalarida innovatsion biznes-loyihalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 11-maydagi 05/15-1019-son ma’lumotnomasi) Mazkur taklif qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida resurs tejamkorlik ko‘rsatkichining 12,4 %ga ortishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatkgan;
mintaqada qurilish materiallarini ishlab chiqarishning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishning istiqbol ko‘rsatkichlaridan “Buxoro viloyatida qurilish va qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish ”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 11-maydagi 05/15-1019-son ma’lumotnomasi).Prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish istiqbolda ishlab chiqarish hamini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini ishlab chiqarishga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.