Aliev Ravshan Maratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poezdlar harakatini boshqarish tizimlarida yo‘l uchastkalari holatini nazorat qilish datchiklarini takomillashtirish modellari, algoritmlari va dasturiy vositalari», 05.01.06–Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T87.
Ilmiy maslahatchi: Xalikov Abdul`xak Abdul`xairovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdukayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Ilmiy-texnika markazi» MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poezdlar harakatini boshqarish tizimlarida yo‘l uchastkalari holatini nazorat qilish datchiklarini yaratish bo‘yicha matematik modellar, ularning algoritmlari, hisoblash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l uchastkasi holatini kombinatsiyalangan usulda nazorat qilish uchun izolyasiya ulanmalarisiz rel`s zanjiri qurilmasi ishlab chiqilgan;
yo‘l uchastkalari holatini nazorat qilish datchiklarining normal, shuntli va nazorat rejimlarida ishlaydigan matematik modellari ishlab chiqilgan;
normativ shuntlash sezuvchanligi, mutlaq (absolyut) shuntlash sezuvchanligi va rel`sli liniyasi uzilishilariga sezuvchanligining mezonlari asosida yo‘l uchastkalari holatini nazorat qilish uchun datchiklar ishlab chiqilgan;
datchiklarning qo‘shimcha shuntlash zonalarining optimal uzunliklarini aniqlash orqali formallashtirilgan ifodalar va algoritmlar ishlab chiqilgan;
adaptiv qabul qilgich bilan ishlaydigan nazorat datchiklari uchun matematik modellar va algoritmlar ishlab chiqilgan;
lokomotiv qabul qilgichi bo‘yicha asosiy va yo‘l qurilmalari nosozligini nazorat qilishga asoslangan nazorat hamda ikki poezdning yaqinlashish rejimlari bo‘yicha nazorat qilish datchigining matematik modeli ishlab chiqilgan;
yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘llarda lokomotivga axborotni uzatish uchun poezd stansiyaga yaqinlashib kelishidagi kodlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poezdlar harakatini boshqarish tizimlaridagi yo‘l uchastkalari holatini nazorat qilish datchiklarini takomillashtirish modeli, algoritmlari va dasturiy vositalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yo‘l uchastkalari holatini nazorat qilish uchun datchiklar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi Signallashtirish va aloqa boshqarmasida joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2016 yil 21 noyabrdagi NG/3947-16-son ma’lumotnomasi). Natijada poezdlar harakatlanish xavfsizligini 15%ga oshirish imkonini yaratgan;
nazorat datchiklarning uskunalarini tekshirish uchun algoritm va dasturiy vositalar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi Signallashtirish va aloqa boshqarmasida joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2016 yil 21 noyabrdagi NG/3947-16-son ma’lumotnomasi). Natijada yillik iqtisodiy samara temir yo‘l uchastkasining 1 kilometriga 12,9% tashkil qilgan;
yo‘lning yuqori tezlikli liniyalarida axborotni lokomotivga uzatish uchun rel`s liniyasining optimal uzunligini aniqlashning algoritmlari va dasturiy vositalari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi Signallashtirish va aloqa boshqarmasida joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2016 yil 21 noyabrdagi NG/3947-16-son ma’lumotnomasi). Natijada signallarni uzatish jarayonida kodlashtirish uchastkalari uchun sarflarni 40%ga kamaytirish imkonini bergan.