Maxmudov Sirojiddin Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh energetik qurilmalarining xarakteristikalarini o‘lchash usullarini ishlab chiqish” 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T608
Ilmiy rahbar: Sobirov Yuldash Begjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Uzoqov G‘ulomjon Norboevich, texnika fanlari doktori, professor; Payzullaxanov Muxammade-Sultanxan Saydivalixanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyosh energetik qurilmalarining xarakteristikalarini zamonaviy, raqamli texnologiyalarga asoslangan o‘lchash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh qurilmalarining optik-geometrik va energetik parametrlarini hisoblashning soddalashtirilgan matematik usuli konsentrator ko‘zgulari yuza xatoliklarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
katta quyosh qurilmasi fokal maydonidagi mujassamlashtirilgan quyosh nurlanishi oqimi zichligi taqsimotining absolyut qiymatlarini o‘lchash uchun fotometrni kalibrovka qilish usuli takomillashtirilgan;
katta quyosh qurilmasi fokal maydonidagi mujassamlashtirilgan quyosh nurlanishi oqimi zichligi taqsimotini o‘lchash usullari materiallar xossalarining quyosh nuri ta’sirida o‘zgarishini hisobga olib ishlab chiqilgan;
katta quyosh qurilmasi fokal zonasida eritilayotgan materiallarning harorat taqsimotini teplovizor va pirometr yordamida ularning texnik tafsiflarini hisobga olgan holda o‘lchash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh energetik qurilmalarining xarakteristikalarini o‘lchash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
katta quyosh qurilmasi fokal maydonidagi mujassamlashtirilgan quyosh nurlanishi oqimi zichligi taqsimotining absolyut qiymatlarini o‘lchash uchun fotometrni kalibrovka qilish usuli ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining 2021-yil 30-sentyabrdagi FAP 72190/9 S. 122). Natijada Katta quyosh qurilmasi konsentratori ko‘zgularini sozlash natijasida erishiladigan samaradorli 15÷20% oralig‘ida ekanligi aniqlangan;
katta quyosh qurilmasi fokal maydonidagi mujassamlashtirilgan quyosh nurlanishi oqimi zichligi taqsimotini o‘lchash usullari materiallar xossalarining quyosh nuri ta’sirida o‘zgarishini hisobga olib ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Standartlar instituti davlat muassasasi tomonidan 06.06.2022-yilda tasdiqlangan bo‘lib, 005:2022-raqamli guvohnoma olingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 21-iyundagi 2/1255-1341-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada 5 yil davomida sinovdan o‘tkaziladigan polimer materiallarning 3 oy davomida tezlashtirilgan sinovdan o‘tkazishga erishilgan;
katta quyosh qurilmasi fokal zonasida eritilayotgan materiallarning harorat taqsimotini o‘lchash usuli O‘zR FA Materialshunoslik institutiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 21-iyundagi 2/1255-1341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritilayotgan materiallarning butun yuzasiga ta’sir qilayotgan harorat ta’qsimotini yuqori (± 4-5 oC) aniqlikda o‘lchashga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish