Karshiev Xurramning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag sohasi o‘tkir odontogen yallig‘lanish kasalliklari asoratlarini davvolash, bashoratlash va tashxislash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.Dsc/Tib344
Ilmiy rahbar: Jilonov Abduboriy Astonaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Aver`yanov Sergey Vital`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg tibbiet universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuz-jag soxasi odontogen flegmona patologiyasiga ega bemorlar profilaktikasi va ularni davolash buyicha samarali chora tadbirlarni ishlab chikish maksadida kasallikni rivojlanishi va kechishini tavsiflovchi asosiy diagnostik va prognozli klinik xamda laboratoriya mezonlarini xolatini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonni ul`trabinafsha nurlantirish, ichki qon tomirlarini lazerli nurlantirish xamda natriy gipoxloritni mahalliy qo‘llanilganda gumoral immunitetga, patologik jarayonlarning kechish og‘irligiga va patogen mikrofloraning ekish chastotasiga bog‘liqligi isbotlangan;
qonning reologik xususiyatlari korreksiyasi, erkin radikal oksidlanish va endogen intoksikatsiya jarayonlarini ingibirlashtirishning samaradorligi asoslangan;
yuz-jag‘ sohasi o‘tkir yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida gomeostaz buzilishi patogenezida jigar funksiyasi, immun tizimi, qon tizimi buzilishining roli aniklangan;
yuz-jag‘ sohasi flegmonalarida sepsis asoratlari yuzaga kelganda jarohatni natriy gipoxloriti bilan mahalliy tozalash, qonni ul`trabinafsha nurlantirish hamda ichki qon tomirlarini lazerli nurlantirishni birgalikda majmuaviy qo‘llashning samaradorligi klinik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya institutining 2023 yil 06 sentyabrdagi 14-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: flegmonalarni davolashda qonni ul`trabinfsha nur bilan nurlantirish va yaralarni gipoxlorit natriy bilan yuvish orqali davolashning travmatik omilini kamaytiradi va reabilitatsiya jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Flegmonalarni davolash uchun ishlab chiqilgan davolash usuli Toshkent viloyat Kibray tumani ko‘p tarmoqli shifoxonasi, Toshket shaxar 7-klinik shifoxonasi 22.06.2019 y.; dalolatnoma asosida amaliyotga tatbiq etildi (№66-sonli va №95-sonli buyruqlar). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyotidan keyingi an`anaviy usulda uchrashi mumkin bo‘lgan xatoliklar va asoratlarni sonini minimallashtirishtiradi; operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi; bemorlarni vrach qabuliga takroriy qatnovlar sonini chastotasining 20–40 % gacha kamaytiradi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi jarroxlik usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 4 200 000 so‘m iqtisod qilindi.Jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorlarda qo‘shimcha dori vositalarga muhtojlikning qisqarishi, qayta qo‘riklar sonini kamayishi, o‘rtacha antibiotiklar kiymati 72000 sum,analgetiklar qiymati 32 500 so‘m,infuzion dorilarning kiymati 275000 va o‘rtacha diuretiklar qiymati 47 000 so‘m ekanligini hisobga olgan xolda 1 nafar 394000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7880650 so‘mni (20 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi davolash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 51 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 115 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Metod kompleksnogoleyaeniya flegmon chelyustno-lisevoy oblasti» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban xulosasi 22.06.2019 y. dalolatnoma asosida) taqdim etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tajriba davomida foydalanilgan usul lipidlarning perekisli oksidlanishini aniqlash va antioksidant sistemaning aktivligini aniqlash orqali jarrohlik amaliyoti davomiyligi qisqarishini, shu bilan birgalikda bemorlarning axvolini o‘z vaqtida aniqlash, davo rejalariga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:yuz-jag flegmonalarini davolosh amaliyoti uchun ishlab chiqilgan diagnostik shablonlaridan foydalanish usuli Toshkent viloyat Kibray tuman ko‘p tarmoqli shifoxonasi, Toshkent shaxar 7-klinik shifoxonasi (22.06.2019 y.) dalolatnoma asosida amaliyotga tatbiq etildi (№66-sonli va №95-sonli buyruqlar). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • yuz-jag‘ jarrohi uchun jarroxlik amaliyotini davomiyligini qisqartirish; yiringli kasalliklar kompleks davolashni optimallashtirish; • bemorlarda hayot sifatini qisqa davrda yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Asoratli kechgan flegmonalarni kasallik kechishini oldindan aniqlash va diagnoz qo‘yish asnosida rejalashtirish orqali 1 nafar bemor uchun 110 000 so‘m, og‘ir kechgan holatlarda 660 000 so‘m iqtisod qilindi. (Buning natijasida asoratli kechishlarni 50% kamaytirib, bemorlar umumiy xarajatlarini 13 200 000 (20 nafar bemor uchun) ga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi prognostik va diagnostik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 11 700 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Metod kompleksnogo lecheniya flegmon chelyustno-lisevoy oblasti s oslojnennim techeniem mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban xulosasi (№8n-r-271 28.06.2019 y.) asosida taqdim etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: gomeostazning ayrim ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash bemorlarni samarali davolashda katta axamiyat kasb etadi,ushbu ko‘rsatkichlar aniqlangan o‘zgarishlar asosida bemorlarni davolashni optimallashtirish,medikamentoz terapiyani samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: asoratli flegmonalarni davolashda ishlab chiqilgan gomeostazning ayrim ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari Toshkent viloyat Qibray tuman ko‘p tarmoqli shifoxonasi va Toshkent shaxar 7-klinik shifoxonasi (22.06.2019y) dalolatnoma asosida amaliyotga tatbiq etildi (№66-sonli va №95-sonli buyruqlar). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bemorlar qatnovini kamaytirish; operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtirish; jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda qo‘shimcha dorilar qabulini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: flegmonalarni kompleks davolashda jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar bo‘lish extimolini kamaytirdi. qayta operatsiya amaliyoti o‘tkazilmasligini ta’minlashi asosida 2000000 so‘mdan 3000000 so‘mgacha iqtisod qilinadi. qayta rentgen ko‘rigi – 27 000; qayta rentgen tahlili – 110 000; qayta operatsiya amaliyoti – 2 500 000; dori-darmonlar xarajati – 50 0000 (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 3 137 000 tashkil qildi). Xulosa: tadqiqot davomida foydalanilgan gomeostazning ayrim turlarini aniqlab kompleks davolash va uning asosida asoratlar chastotasini kamaytirish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 137 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 050 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Metod kompleksnogo lecheniya progressiruyushhix vospalitel`nix zabolevaniy chelyustno-lisevoy oblasti,shei i ix oslojneniy» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban xulosasi (№: 8n-r/273 28.06.2019 y.) taqdim etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tadqiqot davomida foydalanilgan ushbu usul asosida asoratli kechgan bemorlarda kompleks davolash usuli oldindan qilingan reja asosida kechib, to‘liq reja asosida muvaffaqiyatli amalga oshishi ta’minlaydi. Bu esa jarrohlik amaliyotida uchrashishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldini olib qayta operatsiyaga muxtojlikni bartaraf etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dental implantatsiya amaliyoti uchun ishlab chiqilgan jarrohlik shablonlaridan foydalanish usuli Toshkent viloyat Kibray tuman ko‘p tarmoqli shifoxonasi,Toshkent shaxar 7-klinik shifoxonasi (22.06.2019 y asosida) amaliyotga tatbiq etildi (№66-sonli va №95-sonli buyruqlar). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik operatsiyasining kirish va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali yuz-jag‘ soxasi flegmonalari asoratli kechishi davolash bosqichlarini optimallashtiriladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning jarrohlik amaliyoti va operatsiyadan keyingi vaqtida davolash uchun ushbu usuldan foydalangan holatda implantlar sonini 4 taga kamaytirish orqali (8 00 000 so‘m), qayta ko‘ruvlar soni 20% ga kamaytirish orqali (54 000 so‘m) iqtisod qilindi. Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 43 270 000 so‘mni tashkil etadi). Xulosa: yangi prognostik,diagnostik va davolash amaliyotlariining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 654 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 8 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Metod kompleksnogo lecheniya flegmon chelyustno-lisevoy oblasti s oslojnennim techeniem» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban xulosasi (№: 8n-r/273 28.06.2019 y.) taqdim etilgan.