Voxidov Erkinjon Alievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tarkibida alyuminiy, rux saqlagan organik modifikatorlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2771.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydullo o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Eshmurodov Xurshid Esonberdievich, texnika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida alyuminiy, rux saqlagan organik modifikatorlar olishning iqtisodiy samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy oksid, rux oksid, ortofosfat kislota, sianur kislota, pentaeritrit, ammafos, melamin va mochevina kimyoviy birikmalarini oligomerlash asosida tarkibida metall bo‘lgan organik modifikatorlar olingan;
tarkibida alyuminiy va rux bo‘lgan modifikatorlarni olishni optimal sharoitlari va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
olingan, alyuminiy va rux saqlagan organik modifikatorlar bilan polimer materiallarga ishlov berishning 10% dan 30% gacha bo‘lgan optimal nisbatlari va ta’sir etish mexanizmi aniqlangan;
alyuminiy, rux saqlagan organik modifikatorlar asosida olingan elimlar bilan 155°C haroratlarda yog‘och materillarga ishlov berilganda materiallarning qayishqoqlik moduli 886 dan 985 Mpa ga, mustahkamligi esa 13 dan 13,8 MPa ga yaxshilanganligi ilmiy isbotlangan;
metall saqlagan birikmalar bilan modifikatsiyalangan polimer qoplamarining adgeziyasi -1, zarbaga nisbatan mustahkamlik chegarasi -20sm, biologik samaradorligi 180-220oC haroratlarda 0-1 ballni hamda kislorod indeksi (KI) 37,0% ga oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida alyuminiy va rux saqlagan organik modifikatorlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modifikatsiyalangan alyumofosfat elimlar “Staterm” va “Sverxbelproekt” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekistin Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining” 2023-yil 12-apreldagi 9/4/18-1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan alyumofosfat asosida elimlar olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan metall saqlagan ammoniy polifosfat va yong‘inbardosh qavariqlanuvchi kompozit tarkiblar “Seven systems” va “Sharq teks lyuks” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining” 2023-yil 12-apreldagi 9/4/18-1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilgan metall saqlagan ammoniy polifosfat va yong‘inbardosh qavariqlanuvchi kompozit tarkiblarning tan narxini kamaytirish hamda iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 30 - 40% ga oshirish imkonini bergan.