Omonov Bahodirjon Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilar menejmentiga doir ekologik kompetensiyasini oshirish” 13.00.07-“Talimda menejment” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam B2022.4PhD/Ped4277. 
Ilmiy rahbar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.   
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Umaralieva Muhayyo Abdugapparovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot:  Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilar menejmentiga doir ekologik kompetensiyasini oshirishning ilmiy­amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MTT direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilarni menejmentining  ilmiy-nazariy  asoslari  ta’lim jarayonida chiqindilar menejmentiga doir ekologik bilimlarini takomillashtirishning hududiy-geografik, etnografik-mental, ekologik jihatlari  kasbiy-faoliyat usullari bilan bevosita aloqador didaktik va real shaxslararo xususiyatlarning  internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalarining ustuvorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
MTT direktorlarinng malakasini oshirishda chiqindilar menejmentining didaktik  imkoniyatlari  korporativ-pedagogik, motivatsion, muhitga moslashish, refleksivlik pedagogik-psixologik xususiyatlarining  ratsionallik bilan uyg‘unligini ta’minlash tizimi majburiyat va mas’uliyat jihatlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
MTT direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilar menejmentining  muntazamlilik, dadillik va uzlyuksizlik tamoyillari orqali chiqindilar menejmentiga oid kompetensiyaviy ekologik marifat, ekologik ma’naviyat  yondashuvlarning funksional aloqadorligini gorizontal va vertikal  integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
Xalqaro va milliy tajribalardan foydalangan tarzda MTT direktorlarining chiqindilar menejmentiga doir ekologik kompetentligini ularning malakasini oshirish jarayonida ekologik ta’limga integratsiya qilish orqali olib borish zarurligi aniqlandi. Ularning tegishli yo‘nalish bo‘yicha malakasini oshirish modeli, o‘qitish texnologiyasi, tajriba­sinov dasturi ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilar menejmentiga doir ekologik kompetensiyasini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MTT direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilarni boshqarishning ilmiy-nazariy asoslari ta’lim jarayonida ekologik bilimlarini takomillashtirishning hududiy-geografik, etnografik-mental, ekologik jihatlari kasbiy-faoliyat usullari bilan bevosita aloqador didaktik va real shaxslararo xususiyatlarning internal va eksternal namoyon bo‘lish darajalarining ustuvorligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari uchun “Maktabgacha ta’limda ekologiya va chiqindilar menejmenti” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03/03-02-3316-son ma’lumotnomasi). Natijada, Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilar menejmentiga doir ekologik kompetensiyasini oshirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
MTT direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilarni boshqarishning muntazamlilik, izchillik va uzlyuksizlik tamoyillari orqali ekologiyaga oid kompetensiyaviy (ekologik ma’rifat, ekologik ma’naviyat) yondashuvlarning funksional aloqadorligini gorizontal va vertikal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirish hamda MTT direktorlarining malakasini oshirishda chiqindilarni boshqarishga tayyorlash texnologiyalari oddiydan murakkabga, uzviylik va uzlyuksizlik tamoyillarini innovatsion pedagogik texnologiya elementlari: konseptuallik, tizimlilik, boshqaruvchanlik, samaradorlik ko‘rsatkichlarini muvofiqlashuvini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun 4 soatlik “Mahalliy miqyosdagi ekologik ta’lim-tarbiya va hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etish”, mutaxassislar uchun 4 soatlik “Maktabgacha ta’lim tashkilotida ekologik ta’lim-tarbiya va hayot faoliyati xavfsizligini tashkil etish”, qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun 18 soatlik “Ekologiyaning dolzarb muammolari va hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv modullarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03/03-02-3316-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislari uchun mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga erishilgan.
 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish