Muxitdinova Nigora Mexriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5355.
Ilmiy rahbar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahimova Surayyo Saloxiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
       Yetakchi  tashkilot:  Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual  rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirishga qaratilgan jismoniy-variativ topshiriqlarni kiritish hamda bolaning kognitiv qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik, psixologik funksiyalar mazmuni va uning didaktik ta’minoti (metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar, didaktik topshiriqlar tizimi)ga sog‘lomlashtiruvchi, rivojlantiruvchi tarbiyaning kompetensiyaviy  uzviyligiga  ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual  rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Evrika” 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirish elektron ta’lim resursi yaratilib, tarbiyalanuvchilarda topshiriqlarni qabul qilish, o‘z harakatlarini mustaqil ravishda rejalashtirish, dialogik va izchil, leksik jihatdan monologik nutq ko‘nikmalarini dinamik rivojlantirish elementlari asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirish texnologiyasi tarbiyalanuvchilarning jismoniy hamda intellektual salohiyatini subektiv, individual, refleksivlik buyumlarni turli xil analizatorlar yordamida tashxislash, murakkab konstruksiyalarni yig‘ish va ajratish hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish jarayonida maqsadga yo‘naltirilganlik, ehtiyojlarni anglash, ongli intizomni izchil ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
maktabagacha ta’lim yoshdagi bolalarning intellektual rivojlantirishga yo‘naltirigan jarayon, tarbiyalanuvchida aqliy faoliyatning o‘sishi, kognitiv-psixik faoliyatning motivatsion, emotsional, mazmunli, faoliyatli yondashuv asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirishda hamkorlik, loyihaviy qo‘llanilgan yondashuv, usullar va nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistika metodlar orqali asoslanganligi “Bolalar jismoniy tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil          18-avgustdagi “356” son buyrug‘i, 356/7-055 Raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual  rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni intellektual rivojlantirishga xizmat qiluvchi jismoniy mashqlar tizimini ehtiyojlarini anglash, maqsadga yo‘naltirish asosida takomillashtirish, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual  rivojlantirish mazmuni va uning didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir taklif hamda tavsiyalardan “Bolalar jismoniy tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi “356” son buyrug‘i, 356/7-055 Raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirish darajasini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirishda kichik guruhlarda ishlash, shaxsiy-ijodiy, hissiy-amaliy  mexanizmlari, bolalarning jismoniy va psixik salomatligi, shu jumladan ularga ishontirish, undash, namuna ko‘rsatish, ularning individualligini, o‘ziga xos qobiliyati va intellektual salohiyatini rivojlantirishga oid materiallaridan “Sport mening taqdirimda”, “Kelajak egalari” teleko‘rsatuvlarida  foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-iyundagi 02-09-140 son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarda jismoniy mashqlar vositasida intellektual rivojlantirish mexanizmlari samaradorligini oshirishga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish