Ashurova Zarina Muxitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanishning didaktik mexanizmi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/4675.
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanishning didaktik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilariga STEAM texnologiyasi asosida rivojlantiruvchi muhitga yo‘naltirilgan motivatsion, kognitiv, faollikka undovchi interaktiv, integrativ faoliyatga ustuvorlik berishning taktik, strategik, akmeologik, aksiologik didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi modullari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida tolerantlik, kommunikativlik, refleksivlik kompeten-siyalarini tizimli shakllantiruvchi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat jarayonlari bolaning qiziqishi, qobiliyati, ehtiyojini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’limda harakatchan faoliyat darajalarining baholash mezonlari bolalarning hamkorlikka asoslangan konstruktor-ijodkorligini tizimli boyitib borishga doir subekt-subekt munosabatlarini rivojlantiruvchi materiallar hamda media vositalar asosida takomillashtirilgan;
loyihalash faoliyatiga qiziqtirishga yo‘naltirilgan kelishuvchanlik, muloqotga kirishish, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish tamoyillari maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida kommunikativ, refleksiv, ekologik, estetik kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishchan ta’limiy o‘yinlar hamda interaktiv loyihalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanishning didaktik mexanizmini yaratishga doir tadqiqot ishimiz natijasi asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilariga STEAM texnologiyasi asosida rivojlantiruvchi muhitga yo‘naltirilgan motivatsion, kognitiv, faollikka undovchi interaktiv, integrativ faoliyatga ustuvorlik berishning taktik, strategik, akmeologik, aksiologik didaktik imkoniyatlardan nazariy-amaliy foydalanish holati “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i 356/7-099 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bolalarni maktab ta’limiga intellektual jihatdan tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan;
maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi modullari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida tolerantlik, kommunikativlik, refleksivlik kompeten-siyalarini tizimli shakllantiruvchi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat jarayonlari bolaning qiziqishi, qobiliyati, ehtiyojini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini ta’minlashga oid tavsiyalardan “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-013-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining faoliyatlarini STEAM texnologiyalari asosida tashkil etishda bilim va ehtiyojlariga asoslangan, yuqori samara beruvchi metodlarni tanlash va ularni qo‘llashga oid tajribasi oshgan;
loyihalash faoliyatiga qiziqtirishga yo‘naltirilgan kelishuvchanlik, muloqotga kirishish, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish tamoyillari maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida kommunikativ, refleksiv, ekologik, estetik kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishchan ta’limiy o‘yinlar hamda interaktiv loyihalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasini dasturida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-fevraldagi 01-02-39-son ma’lumotnoma). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning tayanch va rivojlanish sohasi STEAM texnologiyasi asosida rivojlanishiga erishilgan.