Ubaydullaeva Dilora Hamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Press asosli tukli trikotaj to‘qimalari olish texnologiyasini yaratish va tuzilishini, sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T475.
Ilmiy rahbar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xolikov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori; Abduraximova Fazilat Abdullaevna, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya nstituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: press asosli tukli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish hisobiga trikotaj mahsulotlari sifatini yaxshilash va resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
press to‘qimasi asosida bir va ikki tomonli tukli hamda futer trikotaj to‘qimalarini olishning yangi usullari ishlab chiqilgan;
engil tuzilishli ikki tomonli tukli trikotaj to‘qimasining resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
naqshli trikotaj to‘qimalar olishda to‘qima rapportiga mos ravishda tuk halqalarini eguvchi moslama yaratilgan;
tuk ipi tarangligiga egish chuqurligi, otboy tishining ko‘tarilishi va qamrov burchagining bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Trikotaj mashinalarida yangi tuzilishdagi press asosli tukli trikotaj to‘qimalarini olishni takomilashtirish va resurstejamkor texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tukli trikotaj to‘qimalarini olish qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti («Trikotaj tuklari ilmoqlarini hosil qilish uchun qurilma», №IAP 04090-2007 y.) olingan. Natijada naqshli to‘qimalar olishda to‘qima rapporti bo‘yicha iplarni egishda 10% xomashyo sarfi kamayishi imkoni yaratilgan;
tukli trikotaj to‘qimalarining yangi tuzilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modellarga patentlari olingan («Ikki tomonlama tukli trikotaj», №FAP 00489-2009 y.; «Yassi ignadonli mashina», №FAP 00538-2008 y.). Natijada xomashyo sarfini 10% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan press asosli va futer tukli trikotaj to‘qimalari «O‘zbekengilsanoat» AJ tasarrufidagi «Uz Teks Chirchig (UZ TEKS Tashkent)» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zbekengilsanoat» AJning 2017 yil 27 oktyabrdagi DM-157-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xomashyo sarfini iplarning chiziqli zichligini o‘zgartirish hisobiga 20%ga, har xil turdagi iplardan foydalanish hisobiga 10%ga kamaytirish orqali resurstejamkorlikka erishish imkoni yaratilgan.