Sobirov Muslimjon Muhsinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3448.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish va tahliliy mobilligini oshirishga qaratilgan mikro elektron ta’lim muhitini shakllantirish hamda shaxsiy axborot madaniyati, axborot omilkorligiga oid tor ixtisoslashgan ko‘nikmalarning integrativ xususiyatlariga ko‘ra maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbiy tayyorgarlikning maqsadli-mazmunli, tashkiliy-boshqaruv komponentlarini mujassamlashtirgan hamda kommunikativ-yo‘naltirilgan texnologiyalarni fan mazmuniga virtual muhit talablariga ko‘ra izchil moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish texnologiyasi o‘zini-o‘zi tashxislash, vaziyatni to‘g‘ri baholash, didaktik muammolarning nostandart echimlarini topishga maqsadli yo‘naltirish hamda fikrni jamlash va yangicha intiluvchanlik qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan mantiqiy topshiriqlar doirasida takomillashtirilgan;
 texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish mezonlari dasturlash tili yordamida makroslar, yangi funksiyalarni yaratish hamda internetga qaramlikdan(autizm) xalos etish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan pedagogik infratuzilmaning tarkibiy elementlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish va tahliliy mobilligini oshirishga qaratilgan mikro elektron ta’lim muhitini shakllantirish hamda shaxsiy axborot madaniyati, axborot omilkorligiga oid tor ixtisoslashgan ko‘nikmalarning integrativ xususiyatlariga ko‘ra maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 18-avgustdagi 02-07-3106/04-son dalolatnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarida axborot kompetentliligini rivojlantirish omillarining pedagogik jihatlarini tahlil etishga erishilgan;
texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish modeli kasbiy tayyorgarlikning maqsadli-mazmunli, tashkiliy-boshqaruv komponentlarini mujassamlashtirgan hamda kommunikativ-yo‘naltirilgan texnologiyalarni fan mazmuniga virtual muhit talablariga ko‘ra izchil moslashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 18-avgustdagi 02-07-3106/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot kompetentliligini rivojlantirishni rag‘batlantirishning tashkiliy-pedagogik shartlari aniqlangan;
texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish texnologiyasi o‘zini-o‘zi tashxislash, vaziyatni to‘g‘ri baholash, didaktik muammolarning nostandart echimlarini topishga maqsadli yo‘naltirish hamda fikrni jamlash va yangicha intiluvchanlik qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan mantiqiy topshiriqlar doirasida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 18-avgustdagi 02-07-3106/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot kompetentliligini rivojlantirish modelining mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan;
texnika oliy ta’lim tashkiloti talabalarining axborot kompetentliligini rivojlantirish mezonlari dasturlash tili yordamida makroslar, yangi funksiyalarni yaratish hamda internetga qaramlikdan(autizm) xalos etish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan pedagogik infratuzilmaning tarkibiy elementlarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish asosida takomillashtirishga oid xulosalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2023-yil 18-avgustdagi 02-07-3106/04-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot kompetentliligini rivojlantirish modelining mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish