Djavlieva Gulnara Raushanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4326.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sadikova Albina Venerovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Otajonov Jamshid Mashrabjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish malakalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniyatlari ta’lim jarayoniga tarixiylik elementlaridan foydalanish malakalari, shaxsiy va kasbiy sifatlarni integrativ xususiyatlariga ko‘ra uyg‘unlikda rivojlantirishga ko‘maklashadigan standart va nostandart o‘quv vaziyatlarida metodik xarakterdagi maxsus didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini faktorli aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalari samaradorligi mashg‘ulotlarda tarixiy materiallardan foydalanish mezonlarini tarixiylik elementlaridan foydalanish malakalarini oshirib borishdagi yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarning ratsional echimini topish hamda aksiologik tarbiyaning texnologik-funksional omillarini ta’lim maqsadlariga adaptiv transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish modeli o‘quv jarayoni texnologik konstruksiyalariga O‘rta asrlar Sharq mutafakkirlarining fan va ta’limga oid meroslaridan foydalanish imkoniyatlarini oddiydan murakkabga qarab dinamik rivojlantirishning konseptual jihatlarini tahliliy aniqlashtirish hamda o‘quvchilarning individual xususiyatlariga mos pedagogik mikromuhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish texnologiyasi ta’lim va tarbiya berish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishga qaratilgan bilishga oid tajribaviy mashg‘ulotlarining interfaol va texnologik omillarini didaktik jarayonning rivojlantiruvchi-faol xususiyatlariga frontal moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish malakalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf matematika darslarida ta’lim jarayoniga tarixiylik elementlaridan foydalanish malakalari shaxsiy va kasbiy sifatlarni uyg‘unlikda rivojlantirishga ko‘maklashadigan o‘quv vaziyatlarida metodik xarakterdagi maxsus didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarixiylik elementlari va boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-085 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish malakalarini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalari samaradorligi mashg‘ulotlarda tarixiy materiallardan foydalanish mezonlarini tarixiylik elementlaridan foydalanish malakalarini oshirib borishdagi yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarning ratsional echimini topish hamda aksiologik tarbiyaning texnologik-funsional omillarini ta’lim maqsadlariga adaptiv transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarixiylik elementlari va boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-085 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining tarixiy materiallardan foydalanishini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish modeli o‘quv jarayoni texnologik konstruksiyalariga O‘rta asrlar Sharq mutafakkirlarining fan va ta’limga oid meroslaridan foydalanish imkoniyatlarini oddiydan murakkabga qarab dinamik rivojlantirishning konseptual jihatlarini tahliliy aniqlashtirish hamda o‘quvchilarning individual xususiyatlariga mos pedagogik mikromuhitni bosqichma-bosqich yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Tarixiylik elementlari va boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-085 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflar matematika darslarida tarixiylik elementlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy materiallardan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish texnologiyasi ta’lim va tarbiya berish jarayonida tarixiy materiallardan foydalanishga qaratilgan bilishga oid tajribaviy mashg‘ulotlarining interfaol va texnologik omillarini didaktik jarayonning rivojlantiruvchi-faol xususiyatlariga frontal moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarixiylik elementlari va boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i asosida berilgan 676-085 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflar matematika darslarida tarixiylik elementlaridan foydalanish samaradorligi oshgan.