Matkarimova Nilufar Boqijon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida Prezident maktablari o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish texnologiyasi”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4810.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ma’murov Baxodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Prezident maktablari o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Prezident maktabi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish tuzilmasi va komponentlari ijodkorlik, interfaollikni ta’minlash, amaliy tadbirlarni tashkil etishning algoritmik bosqichlarini qat’iy belgilash, ijodiy-ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va taqdimotini o‘tkazish, sinf va sinfdan tashqari  mashg‘ulotlarda kompleks yondashuvni tatbiq etish imkoniyatini ta’limiy maqsad bilan identivligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan. 
Prezident maktabi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklari mantiqiy, muammoli masalalarni adekvat echish, bilim, ko‘nikma va malakalarning vizualligini ta’minlash asosida ijodiy tafakkur mustaqilligiga erishish, tahliliy-qiyosiy fikrlash jarayonlarining jamoaviy ijodiy faoliyat bilan kooperativlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
Prezident maktabi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish modelining amaliy komponenti STEAM metodlari asosida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishning integrativ mazmunini loyihalash, innovatsion texnologiyalar, ilmiy-ijodiy muhit va innovatsion faoliyat uyg‘unligini ta’minlashda akmeologik yondashuvga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;  
Prezident maktabi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish texnologiyasi motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, faoliyatga doir, korreksion, qadriyatli bosqichlarga asoslangan texnologik modelni loyihalash, “Kelajak algoritmi”, “Qadriyatlar tuzilmasi”, “Kelishuv va ziddiyat”, “Ko‘rinmas sovg‘a” kabi mualliflik metodlari asosida texnologik xaritani ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Prezident maktabi o‘quvchilarida  ijodiy qobiliyatni shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Prezident maktabi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllanish tuzilmasi va komponentlarini ijodkorlik, interfaollikni ta’minlash, amaliy tadbirlarni tashkil etishning algoritmik bosqichlarini qat’iy belgilash, ijodiy-ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va taqdimotini o‘tkazish, sinf va sinfdan tashqari  mashg‘ulotlarda kompleks yondashuvni tatbiq etish imkoniyatini ta’limiy maqsad bilan identivligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar Toshkent, Jizzax hamda Andijon shahridagi Prezident maktablari faoliyatiga joriy etilgan (Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2022-yil 16-sentyabrdagi 02-05-2029-son ma’lumotnomasi). Natijada, Prezident maktablarida ijodiy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan; 
Prezident maktabi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklarini mantiqiy, muammoli masalalarni adekvat echish, bilim, ko‘nikma va malakalarning vizualligini ta’minlash asosida ijodiy tafakkur mustaqilligiga erishish, tahliliy-qiyosiy fikrlash jarayonlarining jamoaviy ijodiy faoliyat bilan kooperativlik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirish hamda Prezident maktabi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish modelining amaliy komponentini STEAM metodlari asosida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishning integrativ mazmunini loyihalash, innovatsion texnologiyalar, ilmiy-ijodiy muhit va innovatsion faoliyat uyg‘unligini ta’minlashda akmeologik yondashuvga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi uchun yaratilgan “Pedagogikaning pragmatik aspektlari” nomli darslik mazmuniga singirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i, 63-253-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni Prezident maktabi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Prezident maktabi o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini shakllantirish texnologiyasini motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, faoliyatga doir, korreksion, qadriyatli bosqichlarga asoslangan texnologik modelni loyihalash, “Kelajak algoritmi”, “Qadriyatlar tuzilmasi”, “Kelishuv va ziddiyat”, “Ko‘rinmas sovg‘a” kabi mualliflik metodlari asosida texnologik xaritani ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi uchun yaratilgan “Pedagogikaning pragmatik aspektlari” nomli darslik mazmuniga singirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i, 63-253-raqamli guvohnoma). Natijada, Prezident maktabi o‘quvchilarida ijodiy qobiliyatni shakllantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish