Botirov Ilhom Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va lisey o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologiyasi (Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi asosida)”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4687.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon, pedgogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari va lisey o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimining pedagogik modeli ma’naviy tafakkurning motivatsion, kognitiv va faoliyat komponentlarini o’quv faoliyat turlari psixologik, funksional, amaliyga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “harbiy-vatanparvarlik” tushunchasi mohiyati, harbiy-vatanparvarlikni anglashning asosiy jihatlari, negizlari tarixiylik, mantiqiylik, kuzatish, qadriyatlar asosida yo‘naltirilganligi antityud, munosabatlar, ichki hamda tashqi dinamik an’analar, fikrlash steriotiplari bir-biridan bosqichma-bosqich o‘tish ketma-ketligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘quvchilarning shaxsiy sifatlari bilan yosh va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda milliy g‘oyani singdirishga qaratilgan ta’lim mazmuni mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish orqali ularning intellektual rivojlanganlik darajalari yuqori, o‘rta va past)ni baholash mezonlari o‘z-o‘zini boshqarish, kognitiv va kreativ jihatdan takomillashtirilgan;
o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mexanizmining zamonaviy ta’lim texnologiyalari, uning eksperimental darajasi, baholash mezonlari va axborot-metodik ta’minotini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga moslashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va lisey o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi shakllarda joriy qilindi:
harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy rivojlanishini ilmiy asoslash, o‘quvchilarni tarbiyalash mazmuniga harbiy-vatanparvarlik g‘oyasini singdirish bo‘yicha ma’lumotlar bilan takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlarini ishlab chiqish, unda Vatan taraqqiyotini himoya qilish bo‘yicha burch tuyg‘usini shakllantirish, har bir o‘quvchi-yoshda o‘tmish ajdodlari oldidagi mas’uliyat, burchni anglash, millat manfaati bilan yashash, Vatan taraqqiyoti, xalqning ravnaqi, millat obro‘siga hissa qo‘shish, el-yurt taraqqiyoti uchun kurashish his-tuyg‘ularini yuksaltirish, milliy qadriyatlarning ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va siyosiy hayotda tutgan o‘rnini o‘quvchilarga anglatishga doir elektron ta’lim resursi yaratish bo‘yicha tavsiyalardan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2021-2022 yillar davomida amalga oshirilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER- hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida amaliyotda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 19-iyuldagi 06/12-3043-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
mashgʻulotlar jarayonida oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlarini chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik mazmunini umumtaʼlim fanlari bilan gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda boyitib borishga yo‘naltirilgan konsentrlangan taʼlim imkoniyatlarining produktivlik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirish, oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik modelining amaliy komponentini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 20 iyuldagi 417/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik taʼminotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy, umumbashariy qadriyatlar, ma’naviy merosimizning ulkan an’analari va shakllanib kelayotgan yangicha tarbiya qudratli omilga aylanayotganligi, o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini rivojlantirish, ularda o‘z Vatanini sevishga, uni ardoqlashga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish jarayonida, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar va xulosalardan Sirdaryo viloyati teleradiokanali davlat muassasasi faoliyatida foydalanilgan (Sirdaryo viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 1-maydagi 01-05-268-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘z Vataniga bo‘lgan hurmatni oshirishga, Vatanni sevishga, ta’lim-tarbiyaga doir ma’lumotlarni kengaytirishga, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini oshirishga erishilgan.