Tursunmetova Robiya Abdulla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida xarakter talqinlari (1991-2021–yillar)”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/San78.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Haytmatova Sabohat Agzamovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Qoraboev Usmon Hosilovich, falfasa fanlari doktori, professor; Haydarova Nigora Tohirjonovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991-2021-yillar o‘zbek badiiy kinosida xarakter yaratishning badiiy, estetik, ijtimoiy xususiyatlarini ochib berish va xarakter badiiy barkamol film yaratishda komponent ekanini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek kino san’ati rivojida hamda yangi davr bosqichida vatanparvar, dadil, milliy, e’tiqodli va namuna bo‘la oladigan to‘laqonli xarakterlar yaratish milliy badiiy filmlarda mavjudligi aniqlangan;
buyuk tarixiy shaxslar va xarakterlar asosiy qahramoni bo‘lgan hozirgi davrda yaratilayotgan tarixiy mavzudagi filmlarda ajdodlar obrazlariga murojaat qilinayotgani sabab ularning xarakterlari tarixiy haqiqat asnosida haqqoniy, real, ideallashtirishdan holi talqin etilayotgani dalillangan;
tarixiy mavzudagi filmlar qadim tarix va yaqin o‘tmishga davrlashtirilib, ularda yaratilgan qahramonlar xarakterlari zamondosh kinotomoshabinga yaqin, tanish va ma’nan mos tarzda talqin etilgani aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek kinosida qahramonlar va personajlar xarakterini yaratishda ma’lum bir izchillik kuzatilayotganligi, ekrandagi qahramonlar shunday xarakter hislat va xususiyatlariga, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan dunyoqarash, ma’naviy olam, milliy ongni o‘zida jamlagan va milliy xarakterga egaligi belgilangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek kinosida xarakter yaratish masalalari, muammo va yechimlari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek kino san’ati rivojida hamda yangi davr bosqichida vatanparvar, dadil, milliy, e’tiqodli va namuna bo‘la oladigan to‘laqonli xarakterlar yaratish milliy badiiy filmlarda mavjudligi aniqlanganligi yuzasidan olingan natijalardan “Kinoshunoslik: kino san’ati tahlili va tanqidi” o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son ma’lumotnomasi). Natijada soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning kino san’ati, xususan, o‘zbek kino san’atida xarakter yaratish talqini masalalariga doir ma’lumotlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
buyuk tarixiy shaxslar va xarakterlar asosiy qahramoni bo‘lgan hozirgi davrda yaratilayotgan tarixiy mavzudagi filmlarda ajdodlar obrazlariga murojaat qilinayotgani sabab ularning xarakterlari tarixiy haqiqat asnosida haqqoniy, real, ideallashtirishdan holi talqin etilayotgani dalillanganligi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Yodnoma” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2023-yil 17-fevraldagi 02-31-263-son ma’lumotnomasi). Natijada R.Botirovning “Jannat qaydadir” filmi qahramonlari xarakterlari misolida davr hamda jamiyat muammolarini ochib berishga, ijodkorning mahoratini yosh mutaxassislarga tanitishga va maktabini davom ettirishga xizmat qilgan;
tarixiy mavzudagi filmlar qadim tarix va yaqin o‘tmishga davrlashtirilib, ularda yaratilgan qahramonlar xarakterlari zamondosh kinotomoshabinga yaqin, tanish va ma’nan mos tarzda talqin etilgani aniqlanganligi yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligining 2023-yil 21-fevraldagi 01-05/06-172-son ma’lumotnomasi). Natijada kinoda xarakter yaratishning ilmiy-nazariy asoslari har taraflama o‘rganilib, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan yosh ijodkorlarni innovatsion metodlar bilan tanishtirishga xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek kinosida qahramonlar va personajlar xarakterini yaratishda ma’lum bir izchillik kuzatilayotganligi, ekrandagi qahramonlar shunday xarakter hislat va xususiyatlariga, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan dunyoqarash, ma’naviy olam, milliy ongni o‘zida jamlagan va milliy xarakterga egaligi belgilanganligi xususida olingan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” davlat muassasasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Kinotalqin” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” DMning 2023-yil 12-apreldagi 01-02-01/90-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek kinosida xarakter yaratish borasidagi asosiy tendensiyalar, rejissyorlik izlanishlari, g‘oyaviy-badiiy yaxlitlik, shuningdek zamondosh obrazini ekranda talqin qilishdagi kamchiliklar kabi masalalar dissertantning fikr va xulosalari asosida tahliliy ochib berilib, sohaning yosh ijodkorlari va tomoshabinlar qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.