Kasimova Nodira Saitjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qisqa metrajli badiiy kinoning rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/San217.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
Ilmiy rahbar: Tulyaxodjaeva Muhabbat Turobovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.san.121.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafruz Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Xolmirzaev Xayitboy Dedaxonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida o‘zbek kino san’atida qisqa metrajli badiiy filmlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish va unga xos xususiyatlarni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kinematografiya qisqa metrajli kinonamunalar sifatida vujudga kelib, keyinchalik rivojlanish davrida nafaqat rejissorlarning ilk yoki diplom ishi, balki kelgusi ijodiy faoliyatida ham suratga olingani dalillangan;
kino san’atida qisqa metrajli kino yosh ijodkorlar uchun laboratoriya vazifasini o‘tashi va tajriba oshirishlariga imkon beruvchi yo‘nalish sifatida rivojlanayotgani isbotlangan;
so‘nggi yillarda yaratilgan qisqa metrajli filmlarda janr masalasi kuzatilib, aksariyat filmlar drama janrida ekanligi dalillangan;
o‘zbek qisqa metrajli kinosida mavzular xilma-xilligi, tasvir ustuvorligi va uning rejissorlik qarashlarini ifodalashda birlamchi vosita sifatida qo‘llanilishining ahamiyatliligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda qisqa metrajli badiiy kinoning rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kinematografiya qisqa metrajli kinonamunalar sifatida vujudga kelib, keyinchalik rivojlanish davrida nafaqat rejissorlarning ilk yoki diplom ishi, balki kelgusi ijodiy faoliyatida ham suratga olingani dalillanganligi xususidagi takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 274-067 raqamli guvohnomaga muvofiq, “Rejissorning ijodiy guruhlar bilan ishlashi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 02/01-43-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘zbek qisqa metrajli kinosida mavzular xilma-xilligi, tasvir ustuvorligi va uning rejissorlik qarashlarini ifodalashda birlamchi vosita sifatida qo‘llanilishining ahamiyatliligi haqida asosli manbalarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
kino san’atida qisqa metrajli kino yosh ijodkorlar uchun laboratoriya vazifasini o‘tashi va tajriba oshirishlariga imkon beruvchi yo‘nalish sifatida rivojlanayotgani isbotlanganligi to‘g‘risidagi dalillar O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 10-apreldagi 05-11-08-780-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari respublikada qisqa metrajli filmlar festivalining tashkil etilishida hamda yaratilayotgan filmlarning janriga jiddiy ahamiyat berilishiga xizmat qilgan;
so‘nggi yillarda yaratilgan qisqa metrajli filmlarda janr masalasi kuzatilib, aksariyat filmlar drama janrida ekanligi dalillanganligi haqidagi xulosalar “O‘zbekkino” Agentligi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekkino” Agentligining 2023-yil 1-fevraldagi 01-05/07-122-son ma’lumotnomasi). Natijalar yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli film sohasidagi bilimlarini kengaytirishiga yordam bergan;
o‘zbek qisqa metrajli kinosida mavzular xilma-xilligi, tasvir ustuvorligi va uning rejissorlik qarashlarini ifodalashda birlamchi vosita sifatida qo‘llanilishining ahamiyatliligi asoslab berilganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbektelefilm” davlat muassasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbektelefilm” davlat muassasining 2022-yil 17-noyabrdagi 01-17-144-son ma’lumotnomasi). Natijalar qisqa metrajli kinoning taraqqiyot bosqichlari zamonaviy texnologiyaning takomillashuvi bilan bog‘liqligiga ahamiyat berilishiga xizmat qilgan.