Ma’murov Bahodir Baxshullaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik yondashuv asosida ta’lim jarayonini loyihalash  ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Ped31.

Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muslimov Narzullo Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudov Abduhalim Hamidovich, pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik yondashuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, mazmuni, mexanizmlari va pedagogik tizimini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

akmeologik yondashuvga tayangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv jarayonini loyihalashga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashning tarkibiy qismlari (yangilik yaratishga intiluvchanlik, pedagogik vazifalarni oqilona hal etish, o‘z faoliyatini mustaqil loyihalay olish) kasbiy ijodiy vazifalarni hal etishga imkon beruvchi fikriy vaziyatlarni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quv jarayonini loyihalash kompetentligini rivojlantirish texnologiyasining tashkiliy shakllari (tadqiqotchilik, mustaqil izlanish, vaziyatlarni loyihalashtira olish, modellashtirish, yagona etalonga keltirish, konstruksiyalash) loyihalash  algoritmik-yo‘riqnomalarni (darsning o‘quv maqsadlari, dars jarayoni mazmuni, o‘qitish jarayoni) ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini konstruktiv loyihalash ko‘nikmalarini kognitiv qobiliyatlar (bilimlarni rivojlantirish, o‘zining qarashlari, e’tiqodi, layoqati)ning mavjud darajasini akmiologik xarakterdagi algoritmik-yo‘riqnomalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quv jarayonini loyihalash kompetentligini rivojlantirish tizimi kasbiy kreativ faollikni shakllantirish prinsipiga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;

akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ta’lim jarayonini loyihalashga tayyorlashning yetakchi pedagogik omillari (didaktik vaziyatlarni loyihalashtirish, o‘quv jarayonini aniq loyihalar asosida tashkil etish, bilimlarni mustahkamlash vaziyatlarini ishlab chiqish, qulay pedagogik shart-sharoitlarni izlab topish, ilg‘or xalqaro tajribalar) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoniga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik yondashuv asosida ta’lim jarayonini loyihalash  ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari: pedagogika va psixologiya, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda magistraturaning pedagogika, boshlang‘ich ta’lim, jismoniy madaniyat mutaxassisliklari davlat ta’lim standarti (“O‘zstandart” agentligida 2015 yilda O`z.DSt 36.1998:2015-qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan) mazmuniga akmeologik yondashuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash bo‘yicha tavsiyalar kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 avgustdagi 08.89-03-1757-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda ta’lim jarayonini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning akmeologik modeli kognitiv qobiliyatlar (bilimlarni rivojlantirish, o‘zining qarashlari, e’tiqodi, layoqati)ning mavjud darajasini tashxislash va korreksiyalash metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

“Pedagogika” ensiklopediyasining I, II, III jildlarida (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat nashriyoti tomonidan 2015–2017 yillarda chop etilgan) akmeologik yondashuvga oid mualliflik g‘oyalariga tayangan holda mavzu doirasida pedagogik atamalarning mazmuni yoritilgan. Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘quv jarayonini loyihalash kompetentligini rivojlantirish tizimi kasbiy kreativ faollikni shakllantirish prinsipi asosida ishlab chiqilgan; bo‘lajak o‘qituvchilarni akmeologik yondashuv asosida ta’lim jarayonini loyihalashga tayyorlashning yetakchi pedagogik omillari (didaktik vaziyatlarni loyihalashtirish, o‘quv jarayonini aniq loyihalar asosida tashkil etish, bilimlarni mustahkamlash vaziyatlarini ishlab chiqish, qulay pedagogik shart-sharoitlarni izlab topish, ilg‘or xalqaro tajribalar) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoniga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;.

pedagogik ta’lim jarayonida pedagogika nazariyasi kursini boyitishga xizmat qiladigan ilmiy yondashuvlarni o‘z ichiga olgan “Bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik yondashuv asosida ta’lim jarayonini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi” va “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatga tayyorlash” nomli monografiyalar yaratilib, monografiyalarda bayon qilingan nazariy yondashuvlardan pedagogika nazariyasi va amaliyotidan  o‘quv resurslarini yaratishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 avgustdagi 89-03-1757-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik yondashuvga tayangan holda o‘quv jarayonini loyihalashga oid pedagogik faoliyatga tayyorlashning tarkibiy qismlari (yangilik yaratishga intiluvchanlik, pedagogik vazifalarni oqilona hal etish, o‘z faoliyatini mustaqil loyihalay olish) kasbiy ijodiy vazifalarni hal etishga imkon beruvchi fikriy vaziyatlarni tashkil etish asosida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish