Karimov G‘olib Hojiqurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Intensiv olma bog‘larni tuproq ichidan sug‘orishning suv tejamkor texnikasi elementlari parametrlarini va qo‘llash texnologiyasini asoslash (Buxoro viloyati misolida), 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3415
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
texnika fanlari doktori, professor Jo‘raev Fazliddin O‘rinovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Sherov Anvar G‘ulomovich, (06.01.02). (PhD), k.i.x. Gapparov Samandar Mamatkulovich, (06.01.02).
Yetakchi tashkilot - Toshkent Davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Intensiv olma bog‘larni tuproq ichidan sug‘orishning suv tejamkor texnikasi elementlari parametrlarini va qo‘llash texnologiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bog‘larni sug‘orishda TIS ni yangi samarali konstruktiv tuproq ichidan sug‘orish elementining(TISE) suv bosimini so‘ndiruvchi labirintini yangi shakli ishlab chiqilgan va parametrlari asoslangan (№ FAP 01336 “Tuproq ichidan sug‘orish qurilmasi”);
tuproq ichidan sug‘orish qurilmasi elementini, o‘rnatish burchagi va tuproq namlanishga ta’siri asoslangan;
takomillashgan TIS texnologiyasini qo‘llash uchun yaratilgan TISE ni gorizontga nisbatan     burchak ostida o‘rnatilganda namlanish konturini aniqlashning matematik modeli yaratilgan.
mexanik tarkibi bo‘yicha o‘rta qumoq tuproqlar sharoitida takomillashgan TIS texnologiyasidagi intensiv “Golden” navli olma bog‘larni sug‘orish tartiblari ishlab chiqilgan va sug‘orish tartiblarining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bog‘larda tuproq ichidan sug‘orish texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
TIS texnologiyasidagi “Golden” navli olma bog‘larini sug‘orish  tartiblari  Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan “Siyovush Kamron FOOD” fermer xo‘jaligining jami 0,6 gektar maydonida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29-sentyabrdagi 03/26/1913-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslarini 10-15 foizgacha tejalishi, hosildorlikning 15foiz oshishiga erishildi;
TISEning o‘lchamlarini asoslashda TIS texnologiyasidagi olma bog‘larini sug‘orish Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan “Bog‘isarayon” fermer xo‘jaligining jami 0,8 gektar maydonida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29-sentyabrdagi 03/26/1913-son ma’lumotnomasi). Natijada TISE ni O‘rnatilishi va ishlash tartibi: 1 olma daraxtga TISE soni 2 donadan o‘rnatildi; TISE ning suv sarfi 4,5-4,8 l/soat; tizimda ishchi bosim 2,5-3,0 m; muallaq oqiziqlarning ruxsat etilgan miqdori 5 g/l va oqiziqlarning ruxsat etilgan yirikligi 1-2 mikron ni tashkil etgan.   
“Golden” navli olma bog‘larini TIS texnologiyasidagi sug‘orish  tartiblari  Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan “Bog‘isarayon” fermer xo‘jaligining jami 0,8 gektar maydonida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 29-sentyabrdagi 03/26/1913-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslarini 10-15 foizgacha tejalishiga va har gektar olma bog‘idan 35 000 000 so‘m daromad olishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish