Xudayberganov Norbek Atabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xorazm vohasi sharoitida murakkabgullilar (Asteraceae) oilasiga mansub istiqbolli dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va plantatsiyalarini tashkil etish», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B312.
Ilmiy rahbar: To‘xtaev Boboqul Yorkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Behzod Abdullaevich, biologiya fanlari doktori; Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasining tuproq va iqlim sharoitida Murakkabgullilar(Asteraceae) oilasiga mansub istiqbolli dorivor o‘simliklar - Matricaria chamomilla va Calendula officinalisning introduksiyasi, bioekologik aspektlarini aniqlash hamda plantatsiyalarini tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasining tuproq va iqlim sharoitida M. chamomilla va C. officinalisni introduksiya sharoitida o‘sishi va rivojlanishi hamda ontogenezinin asosiy davrlari va bosqichlari aniqlangan;
ekish muddati va chuqurligini M. chamomilla va C. officinalis hom ashyolari miqdori va sifatini belgilovchi asosiy indikator ekanligi asoslangan;
Xorazm vohasining sho‘rlangan tuproqlarida birinchi marta M. chamomilla va C.officinalisning introduksion chidamlilik darajasi baholangan;
M. chamomilla va C. officinalis xom ashyosining fitokimyoviy tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xorazm vohasi sharoitida murakkabgullilar (Asteraceae) oilasiga mansub istiqbolli dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dorivor moychechak o‘simligi etishtirishning mahalliy iqlim va tuproq sharoitidagi agrotexnikasi, xom-ashyosini yig‘ishtirib olish hamda qayta ishlash usullaridan №PZ-2017092435 ”Xorazm viloyati sharoitida dorivor o‘simliklarni o‘stirish va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 24 iyuldagi 4/1255-2092-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simliklarni o‘stirish va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqish imkonini bergan;
M. chamomilla va C. officinalisning turlarini ko‘paytirish hamda etishtirishning eng optimal me’yorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati sho‘rlangan tuproqli hududlarida faoliyat olib borayotgan o‘rmonchilik xo‘jaliklari hamda fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining.2022 yil 21 oktyabrdagi 1-612-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat o‘rmon xo‘jaligida 2,5 ga M. chamomilla va 1,5 ga C. officinalis plantatsiyalarini tashkil etilgan, M. chamomilla quruq holda 938,8 kg/ga yoki o‘rtacha 9,38 s/ga ni, C. officinalis esa quruq holda 1597,5 kg/ga ni yoki o‘rtacha 15,98 s/ga ni hosil olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish