Mamatov Maxmutning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot tamoyillari – barkamol avlodni tarbiyalash omili”, 09.00.08 – “Ma’naviy tarbiya” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fal165.
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Aliev Bekdavlat Begalievich, falsafay fanlari doktori, professor; Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekiston ma’naviy taraqqiyot tamoyillarining barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berish, unga ta’sir ko‘rsatgan omillar asosida muayyan xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangilanayotgan O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot tamoyillari – barkamol avlodni tarbiyalash omilida “ma’naviyat sohasi”, “ma’naviy hayot” va “ma’naviy taraqqiyot tamoyillari” tushunchalari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berilib, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lishidagi o‘zgaruvchanlik, intensivlik va innovatsion xususiyatlari asoslangan;
jamiyatning ma’naviy hayotiga xos rivojlanish dialektikasi va barkamol avlodni tarbiyalashning ma’naviy taraqqiyot tamoyillari ijtimoiy - falsafiy mezonlari bilan bog‘liq omillari hamda bu soha bilan bog‘liq o‘zgarishlar jarayonining umumiy qonuniyatlari hamda uning mamlakatimizga xos jihatlari ochib berilgan;
yangilangan ma’naviy makonni shakllantirish jarayoni va uning barkamol avlodni tarbiyalash tamoyillariga ta’siri bilan bog‘liq muhim konstruktiv tendensiyalari hamda ularning natijalariga sabab bo‘layotgan omillar va tamoyillari ma’naviy-siyosiy tahdid sifatida umuminsoniy qadriyatlariga rahna solish, dinlararo nizo va adovatlarni kuchaytirish kabi destruktiv, insonlar ruhiyatiga, ma’naviy qiyofasiga, maxfiy, aldov, majburlash orqali ruhiy ta’sir ko‘rsatuvchi manipulativ, diniy dunyoqarashi sayoz bo‘lgan shaxslarga oxiratning yaqinligi haqidagi tasavvurlarni uyg‘otuvchi esxatologik faoliyati orqali aholi o‘rtasida separatistik kayfiyatni vujudga kelishiga sabab bo‘layotganligi isbotlangan;
yurtimizga xos tinchlik, birdamlik, ezgulikka intilish, millatlararo va konfessiyalararo bag‘rikenglik tamoyillarining barkamol avlod tarbiyasiga ta’siri masalalari kommunikatsion va innovatsion texnologiyalari (liberal, demokratik, konstruktiv, kommunikativ) orqali davlat suverenitetiga, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajavuzlarni oldini olish va bartaraf etishda milliy manfaatlarga asoslangan differensial (farqlash, darajalash, tabaqalashtirish) yondashuv zarurati asoslangan;
aholini sog‘lomlashtirish va bu jarayonda barkamol avlodni tarbiyalash masalalarining milliylik, umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligida, ma’naviy tarbiya muammolar kompleks nazoratlashtirilganligida kechayotgani dalillashtirilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida fuqarolar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikka asoslangan muhitni saqlash, musahkamlash, qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni hurmat qilinishi hamda to‘liq ta’minlanishi nazariy modellashtirilganligi va zamonaviy ilm - fan, ta’lim - tarbiya va innovatsion g‘oyalarning ma’naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash jarayoniga ko‘rsatayotgan ta’siri va umuminsoniy qadriyatlar mezonlariga asoslanganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
Yangilanayotgan O‘zbekistonning ma’naviy taraqqiyot tamoyillari – barkamol avlodni tarbiyalash omilida “ma’naviyat sohasi”, “ma’naviy hayot” va “ma’naviy taraqqiyot tamoyillari” tushunchalari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lishidagi o‘zgaruvchanlik, intensivlik va innovatsion xususiyatlari oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining “Ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashning samarali usullari va vositalari” mavzuidagi turkum tadbirlarni tashkil etishga doir faoliyatida ijodiy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 18 martdagi 4-13-21-703 - son ma’lumotnomasi). Bu esa ushbu tashkilotning mamlakatimizdagi siyosiy institutlarning yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
jamiyatning ma’naviy hayotiga xos rivojlanish dialektikasi va barkamol avlodni tarbiyalashning ma’naviy taraqqiyot tamoyillari ijtimoiy - falsafiy mezonlari bilan bog‘liq omillari hamda bu soha bilan bog‘liq o‘zgarishlar jarayonining umumiy qonuniyatlari hamda uning mamlakatimizga xos jihatlariga doir ilmiy xulosa va taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’rifiy tadqiqotlar institutida 2021–2022 - yillarda o‘tkazilgan “Targ‘ibot dasturi”ga oid faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’rifiy tadqiqotlar institutining 2023 - yil 10 - martdagi 84 - son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot tamoyillari”da belgilangan ma’naviy - ma’rifiy vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
yangilangan ma’naviy makonni shakllantirish jarayoni va uning barkamol avlodni tarbiyalash tamoyillariga ta’siri bilan bog‘liq muhim konstruktiv tendensiyalari hamda ularning natijalariga sabab bo‘layotgan omillar va tamoyillari ma’naviy-siyosiy tahdid sifatida umuminsoniy qadriyatlariga rahna solish, dinlararo nizo va adovatlarni kuchaytirish kabi destruktiv, insonlar ruhiyatiga, ma’naviy qiyofasiga, maxfiy, aldov, majburlash orqali ruhiy ta’sir ko‘rsatuvchi manipulativ, diniy dunyoqarashi sayoz bo‘lgan shaxslarga oxiratning yaqinligi haqidagi tasavvurlarni uyg‘otuvchi esxatologik faoliyati orqali aholi o‘rtasida separatistik kayfiyatni vujudga kelishiga sabab bo‘layotganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020–2024 - yillarga mo‘ljallangan Saylov oldi dasturida keltirilgan “Zamonaviy rivojlangan davlat qurish va ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish barobarida milliy o‘zligimizni, or - nomus va g‘ururimizni, insoniy qadr – qimmatimizni, ona tilimizni, dinimizni, urf - odat, an’ana va qadriyatlarimizni, saqlab qolish va boyitish” kabi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan 2022 - yil 26 - dekabrda taqdim etilgan 02/05-265 - son dalolatnoma). Natijada, partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy - ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv - uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari samarasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
yurtimizga xos tinchlik, birdamlik, ezgulikka intilish, millatlararo va konfessiyalararo bag‘rikenglik tamoyillarining barkamol avlod tarbiyasiga ta’siri masalalari kommunikatsion va innovatsion texnologiyalari (liberal, demokratik, konstruktiv, kommunikativ) orqali davlat suverenitetiga, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajavuzlarni oldini olish va bartaraf etishda milliy manfaatlarga asoslangan differensial (farqlash, darajalash, tabaqalashtirish) yondashuv bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat sotsial - demokratik partiyasidagi ishlab chiqilgan rejalarda, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar uchun ma’ruzalarda, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat sotsial - demokratik partiyasining 2023 - yil 14 - martda berilgan 01-04/64 - son dalolatnomasi). Bu partiya tomonidan tashkil etilgan seminarlar, davra suhbatlari va boshqa ma’naviy - ma’rifiy hamda yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishiga xizmat qilgan;
aholini sog‘lomlashtirish va bu jarayonda barkamol avlodni tarbiyalash masalalarining milliylik, umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligida, ma’naviy tarbiya muammolar kompleks nazoratlashtirilganligida kechayotganiga doir amaliy takliflar va tavsiyalaridan “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”ning “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini amalga oshirish jarayonida zamonaviy tafakkurga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash dasturi”ni amalga oshirishda keng foydalanilgan (“O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”ning 2022 - yil 27 - dekabrdagi 18 - son dalolatnomasi). Bunda ushbu jamiyatning yuqoridagi mavzudagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda o‘z samarasini ko‘rsatgan va bugungi O‘zbekiston jamiyatining ma’naviy taraqqiyot tamoyillariga doir islohotlar va yangilanishlarning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatiga doir ma’lumotlar bazasini boyitishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida fuqarolar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikka asoslangan muhitni saqlash, musahkamlash, qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni hurmat qilinishi hamda to‘liq ta’minlanishi nazariy modellashtirilganligi va zamonaviy ilm - fan, ta’lim - tarbiya va innovatsion g‘oyalarning ma’naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash jarayoniga ko‘rsatayotgan ta’siri va umuminsoniy qadriyatlar mezonlariga asoslanganligiga oid ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023 - yilda ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi"ning 4 - bandi “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat”, 18 - bandi “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy" kabi yo‘nalishlarni amalga oshirishda hamda konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, boshqa ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan 2023 - yil 24 - martda berilgan № 14-07- 309 - sonli ma’lumotnoma). Bunda u yoshlarga ma’naviy ozuqa berib kelayotgan faol ziyolilar faoliyatini namunaviy darajaga ko‘tarish, ularni aholining keng qatlamlarida, mahallalarda targ‘ib qilishda, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish, hududlarda ma’naviy - ma’rifiy ishlarni mahallabay tarzda tashkil etishga yordam bergan.