Umirova Nilufar Omonboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mayda dispers vollastonitdan foydalanib linoleum ishlab chiqarish uchun kompozision polimer materiallarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3556.
Ilmiy rahbar: Bozorboev Shuhrat Abduraximovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Xolmurodova Dilafruz Quvvatovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mayda dispers vollastonitdan foydalanib linoleum ishlab chiqarish uchun kompozision polimer materiallarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozision polimer materiallar va ular asosida linoleum olish uchun yuqori dispersli to‘ldiruvchi - vollastonitni mayda qilib maydalashning samarali usuli ishlab chiqilgan;
maydalangan dispers vollastonit to‘ldiruvchisining optimal granulometrik tarkibi uni maydalash tezligiga, vaqtga va maydalovchi asbobning tirqishiga bog‘liqligi aniqlangan;
vollastonitning disperslik darajasining polimer kompozisiyalarining elastik-mustahkamlik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
ishlab chiqilgan mayda maydalangan vollastonit to‘ldiruvchisi yordamida kompozision polimer materiallarning bir qator yangi samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
kanserogen asbest to‘ldiruvchisi o‘rniga maydalangan vollastonit konsentratini qo‘llash orqali yaratilgan kompozision polimer materiallar asosida bir va ikki qavatli linoleumlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mayda dispers vollastonitdan foydalanib linoleum ishlab chiqarish uchun kompozision polimer materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish va texnik hususiyatlari yaxshilangan mahalliy va ikkilamchi xomashyo - yuqori sifatli mayda dispers vollastonit bilan modifikatsiyalangan kompozisiya asosidagi linoleumlarni yangi optimal tarkibi «AZIMUT-MIG» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 9 noyabrdagi 05/15-2776-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi ta’sirlarga chidamliligi bo‘yicha import qilinayotgan linoleumlarga nisbatan 1,1-1,4 baravar samaraliroq bo‘lgan linoleumlarni olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan yuqori dispersli vollastonitli kompozision polimer materiallari va ular asosidagi linoleumlar “PROGRESS” MChJda korxonasida amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2022 yil 9 noyabrdagi 05/15-2776-son ma’lumotnomasi). Natijada, vollastonit zarrachalarining anizotropiya koeffisienti 2900 kg/m3 zichlikda 1,1 – 1,3 % ni tashkil etuvchi turli xil pardozlash ishlarida - 400S dan + 600S gacha bo‘lgan haroratlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan linoleumlarni olish imkonini bergan.