Imomnazarov Sarvar Qoviljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashina qismlariga so‘nggi ishlov berishda ishlatiladigan metallarga ishlov beruvchi asboblarda qo‘llash uchun abraziv to‘ldirilgan kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3795.
Ilmiy rahbar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashina qismlariga so‘nggi ishlov berishda ishlatiladigan metallarga ishlov beruvchi asboblarda qo‘llash uchun abraziv to‘ldirilgan kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobillarning ichki yonuv dvigatellarining tirsakli vallarini honingovallash sharoitida metallga ishlov beruvchi instrumentni va qoplamalarning antifriksion-eyilishbardoshli xususiyatlari abraziv to‘ldiruvchilarning turlariga qarab 1,5-2,0 barobar ortishi, bu esa o‘z navbatida metallga ishlov beruvchi asboblarning samaradorligi va chidamliligini oshirishi aniqlangan;
kompozision abraziv-to‘ldirilgan polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning maqbul tarkibi ishlab chiqilgan;
ichki yonuv dvigatellarining tirsakli valiga so‘nggi ishlov berish va metall taglik-substrat yuzasini qoplash uchun antifriksion-eyilishbardoshli kompozision abraziv-to‘ldirilgan polimer materiallardan qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
traktor va kombaynlarning tirsakli vallariga so‘nggi ishlov berish va qayta ishlash hamda abraziv metallga ishlov beruvchi instrumentlar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mashina qismlariga so‘nggi ishlov berishda ishlatiladigan metallarga ishlov beruvchi asboblarda qo‘llash uchun abraziv to‘ldirilgan kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
abraziv to‘ldirilgan metallopolimer qoplama tizimlarini olishning ishlab chiqilgan samarali usuli Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Chortok Agroservis MTP” MChJda paxta yig‘im-terimi mashinalari, kombayn va traktorlarning tirsakli vallarini ta’mirlashda joriy etilgan (“O`ZAGROSERVIS” AJning 2023 yil 14 iyuldagi 09/02-893-son ma’lumotnomasi). Natijada, traktorlar, kombaynlar va paxta yig‘im-terim mashinalarining tirsakli vallariga so‘nggi ishlov berishda kompozision metallga ishlov beruvchi abraziv to‘ldirilgan asboblarning ishlash qobiliyatini 2,1 barobar oshirish va ularning tannarxini import qilinadigan abraziv lenta materiallariga nisbatan 4-4,5 barobar kamaytirish imkonini bergan;
abraziv to‘ldirilgan kompozision metallga ishlov beruvchi asboblar Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Chortok Agroservis MTP” MChJda traktor dvigatellari, kombaynlar va paxta yig‘im-terim mashinalarining tirsakli vallariga so‘nggi ishlov berish va ularni ta’mirlash jarayonida joriy etilgan (“O`ZAGROSERVIS” AJning 2023 yil 14 iyuldagi 09/02-893-son ma’lumotnomasi). Natijada, traktor, kombayn va paxta yig‘im-terim mashinalarining detallarini sirt yuzasining g‘adir-budirligini 2-3 sinfga yaxshilash va mashinalarining tirsakli valiga ishlov berish vaqtini mavjud import qilingan abraziv lentaga nisbatan o‘rtacha 5 daqiqaga qisqartirish imkonini bergan.