Abdullaeva Bufotima Tursunali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Artemisia absinthium va Pinus sylvestris ekstraktlari asosidagi antioksidantlarni qiyma go‘sht mahsulotlarida qo‘llash texnologiyasi», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3257.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori; Choriev Abdusattor Juraevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qiyma go‘sht yarim tayyor mahsuloti sifati va barqarorligini oshirish uchun uning lipidli fraksiyasiga antioksidant xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simlik ekstraktlarining ta’sirini aniqlash va ularni oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llash texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
flavonoidlar, organik kislotalar va fenol birikmalari tutgan o‘simlik ekstraktlaridan muzlatilgan qiyma go‘sht yarim tayyor mahsulotlari ishlab chiqarishda antioksidant sifatida foydalanish mumkinligi nazariy jihatdan asoslangan;
qarag‘ay ninabargi va erman ekstraktlarining mahsulotlardagi go‘sht qiymasi va hayvon yog‘larining gidrolitik va oksidlanish jarayonlariga fizik-kimyoviy ta’siri aniqlangan, ularning aktioksidantlik xossalari aniqlangan va qiyma go‘sht mahsulotlariga ekstraktlarni qo‘shish miqdorlari asoslangan;
antioksidant ta’sirli mazkur ekstraktlarning qiyma go‘sht mahsulotlarida kechadigan fizik-kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarga ta’siri dinamikasi aniqlangan;
antioksidlovchi samaraga ega o‘simlik ekstraktlari qo‘shilgan qiyma go‘sht yarim tayyor mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
tayyorlangan qiyma go‘sht yarim tayyor mahsulotlari - chuchvara va kotletlarning xavfsizligi SanQvaM talablari asosidagi mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilangan, erman va qarag‘ay ninabargi ekstraktlari esa Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD) tasnifiga muvofiq toksik bo‘lmagan birikmalarga (V sinf) mansub ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Artemisia absinthium va Pinus sylvestris ekstraktlari asosidagi antioksidantlarni qiyma go‘sht mahsulotlarida qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Artemisia absinthium (erman) o‘simligi ekstrakti qo‘shilgan va muzlatib saqlanadigan yarim tayyor kotlet mahsulotlarini ishlab chiqarish Namangan shahridagi “Oydinhonim savdo servis” MChJ da amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi”ning 2022 yil 22 noyabrdagi 22-104/11-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada ishlab chiqarilgan muzlatilgan yarim tayyor “Totli” kotletlarining saqlash va realizatsiya qilish muddatini 210 kungacha uzaytirish imkonini bergan;
texnologik yo‘riqnomaga muvofiq Rinus sylvestris (qarag‘ay ninabargi) va Artemisia absinthium (erman) ekstraktlari qo‘shilgan va muzlatilgan yarim tayyor “Sosna” va “Erman” chuchvara mahsulotlari olish texnologiyasi “Oydinhonim savdo servis” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi”ning 2022 yil 22 noyabrdagi 22-104/11-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiya asosida tayyorlangan chuchvara mahsulotlarining saqlash va realizatsiya qilish muddatlarini uzaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.