Sharipova Shohista Bakbergan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quvurlarda reologik murakkab suyuqlikning tebranma va nostatsionar oqim nazariyasini rivojlantirish», 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM718.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Navruzov Kuralbay Navruzovich, fizika-matematika fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xo‘jayorov Bahtiyor , fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Madaliev Murodil Erkinjon o‘g‘li, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reologik murakkab suyuqlikning reologik model tenglamalarini ikki suyuqlik modeli sifatida takomillashtirish va u asosida yassi kanal va silindrik quvurlarda reologik murakkab suyuqlikning tebranma va nostatsionar oqimi masalalarini analitik echish va echimlarni tahlil qilishdan  iboratdir.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
reologik murakkab suyuqlikning reologik model tenglamalari ikki suyuqlik modeli sifatida takomillashtirilgan va bu model asosida, reologik murakkab suyuqlik  harakatining matematik masalalari shakllantirilgan;
yassi kanal va silindrik quvurlarda reologik murakkab suyuqlikning nostatsionar va tebranma oqimlar masalalari  takomillashtirilgan modellar asosida shakllantirilgan tenglamalar sistemasi analitik echilgan  va suyuqlik tezlik profillarining taqsimlanishi va suyuqlik sarfining o‘zgarishlarini tahlil qilish uchun sonli hisob formulalari keltirib chiqarilgan;
keltirib chiqarilgan formulalar yordamida yassi kanal va silindrik quvurlarda reologik murakkab suyuqlik tebranma oqimlarida gidrodinamik qarshilikning ikki suyuqlik modeli xarakteristikalariga bog‘liq ravishda kamayish oralig‘i aniqlangan.
yassi kanal va silindrik quvurlarda reologik murakkab suyuqlikning nostatsionar oqimi o‘tish jarayonida, yassi kanal va silindrik quvurlarda  boshlang‘ich vaqt onida suyuqlikning bo‘ylama tezligi keskin ortib, eng katta qiymatga erishishi aniqlangan.               
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nyuton va Maksvell suyuqliklari aralashmasidan tashkil topgan oquvchan muhitlarning gidrodinamikasini o‘rganish borasida olib borilgan natijalar asosida:
Nyuton va Maksvell suyuqliklari aralashmasidan tashkil topgan aralashmaning kanal va quvurlarda harakatida ko‘ndalang kesim bo‘yicha tezlik taqsimoti, bosim va boshqa gidrodinamik ko‘rsatkichlarning formulalari Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 6-dekabr 03/26-2669-son ma’lumotnomasi). Natijada kanal va quvurlarda kuzatiladigan rezonans hodisasining, bosim oshishining va quvurlar buzilishining oldi olingan;
Nyuton va Maksvell suyuqliklari aralashmasi nestatsionar va pul’slanuvchi rejimdagi oqimlari gidrodinamikasini hisoblash natijalari Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida obektlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirliginig 2022-yil 6- dekabr 03/26-2669-sonli malumotnomasi). Natijada oqimning barqaror rejimi, ta’minlangan, quvurlardagi vibratsiya bartaraf etilgan va ularning ishlash samaradorligi 10% ga oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish