Eshonqulov Azamat Abdiraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2029.
Ilmiy rahbar: To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” tushunchasining mazmuni bosh korxona va uning tarkibiga kiruvchi guruhlarning moliyaviy hisobotlari, bosh va uning sho‘’ba jamiyatlarining aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromadlari, xarajatlari va pul oqimlarini o‘zida aks ettiruvchi jamlama moliyaviy hisobot nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yoki zarar hamda boshqa umumlashgan jami daromadlar to‘g‘risidagi hisobot shakliga 8000 - “Davr uchun foyda yoki zarar”, 8020 – “Nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulushlarga tegishli davr uchun foyda yoki zarar”, 8200 – “Davr uchun umumlashgan daromad”, 8220 – “Nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulushlariga tegishli davr uchun umumlashgan daromad” nomli ishchi schyotlarini kiritish orqali moliyaviy hisobotning aniqligini oshirish taklifi asoslangan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar tarkibiga  “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot”, “Konsolidatsiyalashgan foyda  yoki zarar hamda umumlashgan jami daromadlar to‘g‘risida hisobot”, “Konsolidatsiyalashgan pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot”, “Konsolidatsiyalashgan kapital o‘zgarishi to‘g‘risida hisobot” shakllarini kiritish asosida takomillashtirish taklif etilgan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat to‘g‘risida hisobotni sho‘’ba korxonasining sof aktivlari, hisobot davridagi gudvill, nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulush, guruhning taqsimlanmagan foydasini aniqlash orqali tuzish tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari  asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” tushunchasi mazmunining bosh korxona va uning tarkibiga kiruvchi guruhlarning moliyaviy hisobotlari, bosh va uning sho‘’ba jamiyatlarining aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromadlari, xarajatlari va pul oqimlarini o‘zida aks ettiruvchi jamlama moliyaviy hisobot nuqtai nazaridan takomillashtirilgan nazariy-uslubiy asoslari oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-martdagi 95-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, bosh korxona va uning tarkibiga kiruvchi guruhlarning moliyaviy hisobotlari, bosh va uning sho‘’ba jamiyatlarining aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromadlari, xarajatlari va pul oqimlarini o‘zida aks ettiruvchi jamlama moliyaviy hisobot nuqtai nazaridan “konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” tushunchasining mazmuni takomillashtirilib, oliy ta’lim tizimi talabalari tomonidan ushbu tushuncha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yoki zarar hamda boshqa umumlashgan jami daromadlar to‘g‘risidagi hisobot shakliga 8000 - “Davr uchun foyda yoki zarar”, 8020 – “Nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulushlarga tegishli davr uchun foyda yoki zarar”, 8200 – “Davr uchun umumlashgan daromad”, 8220 – “Nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulushlariga tegishli davr uchun umumlashgan daromad” nomli ishchi schyotlarini kiritish orqali moliyaviy hisobotning aniqligini oshirish taklifi taklifi “O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning 2022 yil 28 oktyabrdagi 1-sonli bayonnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zmaxsusmontajqurilish”  AJning 2022-yil 28-oktyabrdagi №01-315/08-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritish uchun tegishli buxgalteriya o‘tkazmalarni aks ettirishga erishilgan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar tarkibiga  “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot”, “Konsolidatsiyalashgan foyda  yoki zarar hamda umumlashgan jami daromadlar to‘g‘risida hisobot”, “Konsolidatsiyalashgan pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot”, “Konsolidatsiyalashgan kapital o‘zgarishi to‘g‘risida hisobot” shakllarini kiritish asosida takomillashtirish taklifi “O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning 2022-yil 28-oktyabrdagi 1-sonli bayonnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zmaxsusmontajqurilish”  AJning 2022 yil 28 oktyabrdagi №01-315/08-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalashgan yagona shakl orqali tuzishga erishilgan;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy holat to‘g‘risida hisobotni sho‘’ba korxonasining sof aktivlari, hisobot davridagi gudvill, nazorat kuchiga ega bo‘lmagan ulush, guruhning taqsimlanmagan foydasini aniqlash orqali tuzish tartibidan foydalanish taklifi “O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning 2022-yil 28-oktyabrdagi 1-sonli bayonnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning 2022-yil 28-oktyabrdagi №01-315/08-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida jamiyatda konsolidatsiyalashgan holda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi tartib va tamoyillari orqali tashkil qilish va yuritishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish