Turaev Baxtiyor Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish materiallari sanoati rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2551
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03.30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich - iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Utanov Bunyod Kuvandikovich - iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hudud qurilish materiallari sanoati asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini modellashtirish orqali uning istiqboldagi holati bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat tarmoqlari bo‘yicha ilgarilab ketish koeffitsientini aniqlashda tarkibiy o‘zgarishlar ta’sirini hisobga olish hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari indeksini kiritish asosida hudud qurilish materiallari sanoati tarmoqlarini rivojlanish tendensiyalariga ko‘ra nisbatan “o‘ta sust” [-1,0; -0,5], “sust” [-0,4; 0], “mutanosib” [0; 0,5], “yuqori” [0,6; 1,0], “o‘ta yuqori” [1,1; 1,5] guruhlarga ajratish orqali takomillashtirilgan;
hududiy qurilish materiallari sanoati rivojlanishining samaradorlik qiymatlarini baholash integral koeffitsientining etalon tarmoq [4,0]; o‘ta yuqori [3,2-4,0]; yuqori [2,6-3,2]; o‘rtacha [2,0-2,6]; past [1,4-2,0]; juda past [0 – 1,4] qiymatlari shkalalari taklif etilgan;
qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalarining qo‘shimcha o‘sish barqarorligi indeksi asosida hudud qurilish materiallari sanoati rivojlanishining beqaror (μ<0,7 va 1,3≤μ), past darajadagi barqarorlik (0,7≤μ<0,9 va 1,1≤μ<1,3), yuqori darajadagi barqarorlik (0,9≤μ<1,1) guruhlariga ko‘ra prognoz qiymatlari aniqlangan;
qurilish ishlab chiqarish hajmining additiv bog‘lanishini ifodalovchi modifikatsiyalangan modelini qo‘llash asosida Surxondaryo viloyatida qurilish materiallari sanoatini iqtisodiy rivojlantirishning 2027 yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendentsiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat tarmoqlari bo‘yicha ilgarilab ketish koeffitsientini aniqlashda tarkibiy o‘zgarishlar ta’sirini hisobga olish hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari indeksini kiritish asosida hudud qurilish materiallari sanoati tarmoqlarini rivojlanish tendensiyalariga ko‘ra nisbatan “o‘ta sust” [-1,0; -0,5], “sust” [-0,4; 0], “mutanosib” [0; 0,5], “yuqori” [0,6; 1,0], “o‘ta yuqori” [1,1; 1,5] guruhlarga ajratish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son “Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 8-maydagi 11/03-30-5322-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilish materiallari sanoati tarmoqlarining qiyoslanayotgan tarmoqqa nisbatan innovatsion-texnologik rivojlanish natijasidagi ilgarilab ketishi qiymatlarini aniqlash va shu asosda taqmoqning umumiy o‘sishini rag‘batlantirishga imkoniyat yaratgan;
hududiy qurilish materiallari sanoati rivojlanishining samaradorlik qiymatlarini baholash integral koeffitsientining etalon tarmoq [4,0]; o‘ta yuqori [3,2-4,0]; yuqori [2,6-3,2]; o‘rtacha [2,0-2,6]; past [1,4-2,0]; juda past [0 – 1,4] qiymatlari shkalalaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Savdo sanoat palatasi tomonidan hudud qurilish materiallari sanoati samaradorligini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-maydagi 25/3-07355-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 8-maydagi 11/03-30-5322-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyotni amaliyotga joriy etilishi qurilish materiallari sanoati tarmoqlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga ishlab chiqarishning yalpi qo‘shilgan qiymatiga chiziqli ta’sirini, tarmoqlar tarkibiy siljishlari qiymatlarini va bir foiz o‘sish sur’atiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat hajmini hisobga olish orqali keng ko‘lamli samaradorlik qiymatlarini hisoblash va shu asosda tarmoqlar samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqish imkonini bergan.
qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalarining qo‘shimcha o‘sish barqarorligi indeksi asosida hudud qurilish materiallari sanoati rivojlanishining beqaror (μ<0,7 va 1,3≤μ), past darajadagi barqarorlik (0,7≤μ<0,9 va 1,1≤μ<1,3), yuqori darajadagi barqarorlik (0,9≤μ<1,1) guruhlariga ko‘ra prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Savdo sanoat palatasi tomonidan hudud qurilish materiallari sanoati rivojanish tendentsiyalarining barqarorligini baholash usullarini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-maydagi 25/3-07355-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 8-maydagi 11/03-30-5322-sonli ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanib barqaror va beqaror qo‘shimcha o‘sishga ega tarmoqlarni aniqlashga va shu asosda ishlab chiqarishda barqarorlikni oshirishga erishilgan.
qurilish ishlab chiqarish hajmining additiv bog‘lanishini ifodalovchi modifikatsiyalangan modelini qo‘llash asosida Surxondaryo viloyatida qurilish materiallari sanoatini iqtisodiy rivojlantirishning 2027 yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Surxondaryo viloyati Hokimligi tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 8-maydagi 11/03-30-5322-sonli va Surxondaryo viloyati hokimligining 2023 yil 20-apreldagi 07-07/1054-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendentsiyalarining istiqboldagi holatlari bo‘yicha aniqlik darajasi 5,5% ga yaxshilangan prognoz qiymatlarini olish imkoniyati yaratilgan. Unga ko‘ra hudud qurilish materiallari sanoati ishlab chiqarish hajmini 2027-yilga qadar 2 barobardan ko‘proq oshirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan.