Allanazarova Feruza Karimberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Hozirgi zamon nasrida norealistik hikoyalar poetikasi”, 10.00.02- O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2064.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Boynazar Yo‘ldoshevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Orazimbetov Quanishboy Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sariev San’at Matchonboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek nasrida norealistik hikoyalarning shakllanish qonuniyatlarini badiiy tasviriy vosita va usullar yordamida kuchaytirishda yozuvchilarning individual yondashuv mezonlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida muallif ijodiy konsepsiyasini yuzaga chiqarishda ramziy-majoziy talqin o‘ziga xosligi norealistik hikoyada inkishof qilingani dalillangan;
N.Eshonqul, U.Hamdam, I.Sulton, A.Yo‘ldoshevning ramzlar tili asosiga qurilgan hikoyalarida muallif va xarakter yaxlitligi ildizlari antik yunon va turkiy xalqlar madaniyatida paydo bo‘lgan mifologik qarashlarning mifopoetik talqini dalillangan;
norealistik qamrov o‘ziga xosligida syujet va kompozisiya tig‘izligi simvolik tasvirida  voqelik  ob’ektiv reallik bilan kechinmaning uyg‘unlashuvi asoslab berilgan;
yozuvchi ijodiy uslubi va adabiy komponentlar birligi hikoya poetikasida   badiiy tasvir vositalarining o‘rni hamda  individual uslub obraz tasvirining asosi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida norealistik talqin va ifoda shakllarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
mustaqillik davri o‘zbek hikoyalarida muallif ijodiy konsepsiyasini yuzaga chiqarishda ramziy-majoziy talqin o‘ziga xosligi norealistik hikoyada inkishof qilingan, N.Eshonqul, U.Hamdam, I.Sulton, A.Yo‘ldoshevning ramzlar tili asosiga qurilgan hikoyalarida muallif va xarakter yaxlitligi ildizlari antik yunon va turkiy xalqlar madaniyatida paydo bo‘lgan mifologik qarashlarning mifopoetik talqini dalillanganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2016-2021-yillarda amalga oshirilgan F1-FA-O-43429 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limning 2022-yil 20-dekabrdagi 540/1-maʼlumotnomasi). Natijada ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
norealistik qamrov o‘ziga xosligida syujet va kompozisiya tig‘izligi simvolik tasvirida  voqelik  ob’ektiv reallik bilan kechinmaning uyg‘unlashuvi, yozuvchi ijodiy uslubi va adabiy komponentlar birligi hikoya poetikasida   badiiy tasvir vositalarining o‘rni hamda  individual uslub obraz tasvirining asosi ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2016-2021-yillarda amalga oshirilgan FA-F1 G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 10-oktyabrdagi 384/1-maʼlumotnomasi). Natijada ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish