Usarov Zoxid Igamovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan maydonlar uchun arpaning ertapishar boshlang‘ich  manbalarini tanlash va yangi navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx23.

Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi.

Ilmiy rahbar: Xodjakulov To‘rakul Xodjakulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: arpaning «Ixtiyor» navi (NAR 00174).

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 17 apreldagi 02-11/910-son xulosasi.

II. Tadqiqotning maqsadi: respublikaning sug‘oriladigan maydonlarida ekish uchun ertapishar, serhosil,  tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli bo‘lgan boshlang‘ich manbalarini tanlash va yangi ertapishar arpa navlarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor sug‘oriladigan maydonlar uchun arpaning kelib chiqishi turli mintaqalarga mansub bo‘lgan yangi nav va namunalari o‘rganilib, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan namunalar boshlang‘ich manba sifatida tanlab olingan;

tanlab olingan arpaning nav va namunalari bilan mahalliy navlar o‘rtasida duragaylash ishlari olib borilib, sug‘oriladigan maydonlar uchun biotik va abiotik omillarga chidamli bo‘lgan boshlang‘ich manbalar yaratilgan;

sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun ertapishar, tashqi muhitning noqulay omillariga, yotib qolishga, kasalliklarga chidamli, don hosildorligi yuqori bo‘lgan arpaning yangi «Ixtiyor» navi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan maydonlar uchun arpaning ertapishar boshlang‘ich manbalarini tanlash va yangi navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

duragaylash yo‘li bilan sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun ertapishar, tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, don hosildorligi yuqori bo‘lgan arpaning «Ixtiyor» navi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patentiolingan (NAR 00174). Mazkur arpa navi g‘allachilik fermer xo‘jaliklarida sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi va bahorgi muddatlarda ekilib kelinmoqda;

arpaning «Ixtiyor» navi 2015 yildan Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari sug‘oriladigan erlarida kuzgi va bahorgi muddatlarda ekish uchun Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2018 yil 4 maydagi 53/4-273-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu duvarak «Ixtiyor» navi issiqlikka, sovuqqa, yotib qolishga chidamli bo‘lgani uchun andoza navlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib etilishi aniqlangan;

arpaning yangi «Ixtiyor» navi 2015–2018 yillar hosili uchun Jizzax, Samarqand viloyatlarining sug‘oriladigan maydonlariga 259,0gektarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/021-7 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu arpa navidan gektaridan 8,9 sentnergacha qo‘shimcha arpa doni hosili olingan va rentabellik darajasi 22 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish