Yusupov Asror Maxmanazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘shma korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2249.
Ilmiy rahbar: To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matkarimov Davronbek Matyakubovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” – Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shma korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qo‘shma korxonalarda sof foydani har bir ta’sischining qo‘shimcha kapital kiritishi va chegirib olinishi hamda biznesdagi ishtiroki darajasini hisobga olishni ta’minlovchi 8331-“Ta’sischilarning kapitali va biznesdagi ishtiroki uchun rag‘batlantirish” ishchi schyotni kiritish taklif etilgan;
qo‘shma korxonalarning hisob siyosatiga 4611-“Xorijiy ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar” va 6611-“Xorijiy ta’sischilarga to‘lanadigan dividendlar” ishchi schyotlarni kiritish orqali ustav kapitalini hisobga olish asoslangan;
xalqaro standartlar talablari asosida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot, foyda va zararlar hamda umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobotni hisoblash tamoyili asosida tayyorlash va ishchi jadvallari orqali transformasiya qilish ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni netto usul shaklida tuzish maqsadida 121-satr “Muddati kechiktirlgan soliq aktivlari”, 471-satr “Kapitalning boshqa elementlari” va 591-satr “Muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari” satrlarini kiritish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘shma korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shma korxonalarda sof foydani har bir ta’sischining qo‘shimcha kapital kiritishi va chegirib olinishi hamda biznesdagi ishtiroki darajasini hisobga olishni ta’minlovchi 8331-“Ta’sischilarning kapitali va biznesdagi ishtiroki uchun rag‘batlantirish” ishchi schyotni kiritish taklifi “Uzbek leasing international A.O” AJ va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonalarining amaliyotlariga joriy etilgan (“Uzbek leasing international A.O” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 4 oktyabrdagi UL/1390/001-son va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 416-son ma’lumotnomalari). Natijada, har bir ta’sischilar kesimida kiritgan kapitali, uning qo‘shimcha kapital hisobidan ko‘payishi, qaytarib olinishi, biznesdagi ishtiroki uchun rag‘batlantirishga doir axborot olish va samarali qarorlar qabul qilish imkoniyatini oshishiga erishilgan;
qo‘shma korxonalarning hisob siyosatiga 4611-“Xorijiy ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar” va 6611-“Xorijiy ta’sischilarga to‘lanadigan dividendlar” ishchi schyotlarni kiritish orqali ustav kapitalini hisobga olish taklifi “Uzbek leasing international A.O” AJ qo‘shma korxonasi va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonalarining amaliyotlariga joriy etilgan (“Uzbek leasing international A.O” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 4 oktyabrdagi UL/1390/001-son va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 416-son ma’lumotnomalari). Natijada qo‘shma korxonalarda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida yuritish uchun buxgalteriya o‘tkazmalarini berish va moliyaviy hisobotlarni tuzishga xizmat qilgan, aktivlar va majburiyatlarni to‘g‘ri hisobga olish imkonini bergan;
xalqaro standartlar talablari asosida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot, foyda va zararlar hamda umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobotni hisoblash tamoyili asosida tayyorlash va ishchi transformasiya jadvallari orqali transformasiya qilish ketma-ketligi ishlab chiqish taklifi “Uzbek leasing international A.O” AJ va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonalarining amaliyotlariga joriy etilgan (“Uzbek leasing international A.O” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 4 oktyabrdagi UL/1390/001-son va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 416-son ma’lumotnomalari). Natijada qo‘shma korxonalarda milliy standartdan xalqaro standartlarga transformasiya qilish va moliyaviy hisobotlarni investorga ishonchli va shaffof tarzda tuzishga xizmat qilgan;
moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni netto usul shaklida tuzish maqsadida 121-satr “Muddati kechiktirilgan soliq aktivlari”, 471- satr “Kapitalning boshqa elementlari” va 591-satr “Muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari” satrlarini kiritish taklifi “Uzbek leasing international A.O” AJ va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonalarining amaliyotlariga joriy etilgan (“Uzbek leasing international A.O” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 4 oktyabrdagi UL/1390/001-son va “Ohangaronsement” AJ qo‘shma korxonasining 2022 yil 3 oktyabrdagi 416-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida qo‘shma korxonalarda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzishni soddalashtirish va uning ishonchligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish