Hafizov Firuz Obloberdievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi tarkibli yong‘in qutqaruv engi to‘qima karkasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T798
Ilmiy rahbar: Hasanov Baxodirjon Kimsanboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lalashbaevich texnika fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulomqodir Nabidjanovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida yangi tarkibli yong‘in qutqaruv englari elastik to‘qima karkasini ishlab chiqish va mustahkamligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elastik engni zo‘riqish jarayonida ta’sir etuvchi kuchlar cheklangan element usuli tahlilining universal ANSYS dasturiy tizimi asosida elastik eng qatlamiga ta’sir etuvchi dinamik kuchning maksimal qiymati aniqlangan;
uzish kuchi asosida qutqaruv engi uchun yangi tarkibli elastik to‘qima karkasi loyihalangan hamda ishlab chiqarish omillari asoslangan;
loyihalangan elastik to‘qimalarni to‘quv dastgohida ishlab chiqarish jarayonida o‘tkazilgan to‘liq omilli tajriba natijalari asosida iplar uzilish sonini kamaytiradigan muqobil omillar aniqlangan;
eng to‘qimasini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish asosida mavjud matodan fizik-mexanik xususiyatlari yuqori bo‘lgan elastik to‘qima yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada tavsiya etilgan ilmiy ishlanmalarni asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi tarkibli yong‘in qutqaruv engi to‘qima karkasi « NIG‘MAT BAG PACING» MChJ korxonasida tadbiq etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 29 dekabrdagi 03/25-3688-son ma’lumotnomasi). Yangi tarkibli elastik qutqaruv engi to‘qima karkasining arqoq bo‘yicha qoldiq deformatsiyasi 30,4-33,7 % gacha kamaygan, arqoq bo‘yicha uzilish kuchi 41,7-105,6 % ga ortgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish